Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Koreyalik investorlar yangi zavod bunyod etadi

Toshkent viloyat hokimining investisiya masalalari bo'yicha o'rinbosari Jamshid Abdusalomov va yurtimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining “CARIS” kompaniyasi vise-prezidenti Li Jong Chul boshchiligidagi delegasiya vakillari o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muloqot chog'ida viloyat hududida “CARIS” CO LTD kompaniyasi tomonidan yangi texnologiyalar asosida yo'l bo'yi xavfsizlik to'siqlarini PVX (polivinilxlorid) xom-ashyosidan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavod bunyod etish va loyiha uchun er maydoni ajratish xususida so'z bordi.

Loyihaning umumiy qiymati 12 million AQSh dollariga teng bo'lib, unda 100 ta ish o'rni yaratilishi ko'zda tutilmoqda. Uchrashuv davomida loyihaning tashkiliy jihatlari ko'rib chiqilib, O'zbekiston-Koreya davlatlarining ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari e'tirof etildi.