Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Zangiota, Yuqori Chirchiq, O'rta Chirchiq va Qibray tumanlaridagi 25 ta saylov uchastkalari Toshkent shahriga o'tkazilmoqda

photo2021-09-1415-07-35.jpg

Nurafshon shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.

photo2021-09-1415-10-05.jpg

Komissiya raisi Mahmud Boltaboev boshqargan yig'ilishda Toshkent viloyati va Toshkent shahri ma'muriy hududiy tuzilishi o'zgargani munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi ayrim saylov uchastkalarini tugatish masalasi ko'rib chiqildi.

Qayd etilganidek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 27 avgustdagi tegishli qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrugi hududi bo'yicha saylov uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 4 ta tuman hokimlarining taqdimnomalari ma'lumot uchun qabul qilindi.

photo2021-09-1415-10-02.jpg

Xususan, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining ma'muriy hududi o'zgarishi munosabati bilan quyidagi — Zangiota, Yuqori Chirchiq, O'rta Chirchiq va Qibray tumanlaridagi 25 ta saylov uchastkalari tugatildi.

Jumladan, qaror bo'yicha Zangiota tumanidagi 303-, 304-, 305-, 306-, 309-, 310-, 311-, 312-, 313-, 314-; Yuqori Chirchiq tumanidagi 703-; O'rta Chirchiq tumanidagi 834-, 835-, 836-; Qibray tumanidan 897-, 904-, 905-, 906-, 907-, 908-, 909-, 910-, 911-, 912, 913-saylov uchastkalari hudud ro'yhatidan chiqarildi.

Yig'ilishda 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi. Unga ko'ra, hududlarda tugatilayotgan 25 ta saylov uchastkalari va uchastka saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibi haqidagi barcha ma'lumotlar 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladigan bo'ldi.

Demak, endilikda viloyat bo'yicha 963 ta saylov uchastkasi faoliyat ko'rsatadi.