Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarga ega bo‘ling

"Qishloq qurilish bank" tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlari hisobiga quriladigan 3,4 va 5 xonali uylarning namunaviy loyihalari.


1 qavatli 3 xonali uy - joy loyihasi


1 qavatli 4 xonali uy - joy loyihasi


1 qavatli 5 xonali uy - joy loyihasi

2017 yilda qurilishi mo‘ljallanayotgan uylarning namunaviy loyihalari:

1 qavatli 2 xonali uy - joy loyihasi

1 qavatli 3 xonali uy - joy loyihasi

2 qavatli 4 xonali uy - joy loyihasi

2 qavatli 12 kvartirali uy - joy loyihasi

2 qavatli 16 kvartirali uy - joy loyihasi

3 qavatli 18 kvartirali uy - joy loyihasi

ATB «Qishloq qurilish bank»- tasdiqlangan namunaviy loyihalar

bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun ipoteka

kreditini taklif etadi


Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurilishi – respublikamizda Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan maxsus dastur asosida 2009 yilda boshlanib, bugungi kunga qadar davom ettirib kelinmoqda.

Ushbu dastur doirasida respublikamiz qishloq joylarida yashovchi ko'p oilali xo'jaliklar, ijtimoiy soha xodimlari, ayollar qaramog'idagi xo'jaliklar, tadbirkorlar va yosh oilalarga alohida e'tibor beriladi.

Namunaviy loyiha - zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini respublika mintaqalarining tabiiy-iqlim sharoitlarini va joyning relьefini, ijtimoiy-demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda namunaviy uy-joylar qurish uchun "Qishloqqurilishloyiha" MChJ loyihalash-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha.

Ipoteka krediti - qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibda uy-joy qurilishiga barpo etiladigan uy-joy garovi ostida ajratiladigan uzoq muddatli kredit.

Ipoteka krediti quyidagi talablarga javob beruvchi qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ga beriladi:

qishloq joylarda yashaydigan va kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga;

oxirgi 12 oy mobaynida doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo'jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo'lgan hamda ipoteka krediti bo'yicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to'lov jadvaliga muvofiq har oyda to'lash uchun to'lov qobiliyatiga ega;

barpo etilayotgan uy-joy smeta qiymatining kamida 25 foizi miqdorida boshlang'ich badal uchun mablag'ga ega bo'lgan;

kredit tashkilotlaridan kreditlar bo'yicha to'lov muddati o'tgan qarzi bo'lmagan shaxslarga beriladi.

Boshlang'ich badal - qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) tanlangan uy-joy loyiha smeta qiymatining kamida 25 foizi miqdorida uzoq muddatli jamg'arib boriladigan omonatiga pul mablag'lari ko'rinishda jamg'arilgan mablag'lar.

Ipoteka krediti miqdori - qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning to'lovga qodirligini baholashdan hamda qurilayotgan uy-joyning smeta qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi hamda eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha bo'lgan miqdorda ajratiladi.

Muddati- uch yildan iborat imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga ajratiladi.

Kredit foizi - kreditdan foydalanganlik uchun imtiyozli foiz stavkasi dastlabki 5 yil uchun 7 foiz va qolgan 10 yil davomida O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida belgilanadi.

Birgalikda qarz oluvchi - qarz oluvchining ipoteka krediti va unga hisoblangan foizlarni har oyda to'lanishi uchun asosiy qarz oluvchi bilan birga mas'ul bo'lgan (yoki to'lovlarda qatnashadigan), shuningdek, ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan asosiy qarz oluvchining eri (xotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari va boshqa jismoniy shaxslar).

«Qurilishga boshlang'ich badal» - namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylar uchun mo'ljallanayotgan loyiha qiymatining 25 foiz miqdorigacha dastlabki badalni yig'ib borish maqsadida joriy qilingan maqsadli jamg'arib boriladigan omonat turi bo'lib, ushbu omonatga mablag'lar bir yildan kam bo'lmagan muddatga qabul qilinadi.

Imtiyozli ipoteka kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

1) kredit buyurtmanomasi;

2) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi pasportining nusxasi;

3) yashash joyidan oila tarkibi to'g'risidagi ma'lumotnoma;

4) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;

5) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi tanlagan uy-joy loyiha smeta qiymatining 25 foizidan kam bo'lmagan miqdorda mablag' jamg'arilganligini tasdiqlovchi hujjat;

6) «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasining viloyat filiali bilan imzolangan uy-joy qurilishiga buyurtmachi funktsiyasini bajarishga dastlabki shartnoma.

Ipoteka krediti olishda qarz oluvchi quyidagi xarajatlarni amalga oshirishi kerak:

- ipoteka to'g'risidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;

- garovga qo'yilgan ko'chmas mulk sug'urtasi bilan bog'liq xarajatlar;

- ipoteka to'g'risidagi shartnomani davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun to'lov.

Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchilarning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar

1) doimiy ish joyiga ega bo'lganlar uchun:

- xodimning oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to'g'risida qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) va oila a'zolari ishlaydigan korxona (muassasa) tomonidan belgilangan shaklda berilgan ma'lumotnoma;

O'zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq banki filialida ochilgan yakka tartibdagi jamg'arma pensiya hisob raqamidan ko'chirma (agar jamg'arma pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etsa) — bank talabiga ko'ra taqdim etiladi;

2) boshqa daromadlar manbaiga ega bo'lgan fuqarolar uchun:

- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlarga ega bo'lgan fuqarolar o'zlarining yashash joyidagi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyalar nusxalari;

- dehqon/fermer xo'jaliklari boshliqlari hisoblanadigan yoki yuridik shaxs bo'lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan fuqarolar oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to'g'risidagi deklaratsiyalardan tashqari, agar ular amalga oshiradigan faoliyat turlari qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanishi kerak bo'lsa, faoliyatning ayrim turlari bilan shug'ullanish uchun huquqning davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnoma va litsenziyaning nusxalarini ham taqdim etadilar.

Yaratilgan imtiyozlar

Bank krediti hisobiga qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joy qurayotgan jismoniy shaxslar va sherik qarzdor sifatida ishtirok etayotgan oila a'zolari (turmush o'rtog'i, ota-onasi, farzandlari) tomonidan ipoteka krediti va unga hisoblangan foizlarni so'ndirish uchun yo'naltirilgan ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar summasi daromad solig'iga tortilmaydi.

2013 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslar, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi Dasturi doirasida ipoteka kreditlarini to'lab bo'lmagunga qadar, xarid qilingan uy-joylar bo'yicha mulk solig'i to'lashdan ozod qilinadilar.

«Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi va yakka tartibdagi uy-joy quruvchi o'rtasida shartnoma imzolanganidan so'ng, yakka tartibda imorat quruvchiga er uchastkasini ajratish tuman (shahar) hokimining qarori bilan kimoshdi savdosi o'tkazilmasdan umrbod meros qilib qoldiriladigan mulk tarzida rasmiylashtiriladi.

Ipoteka kreditini to'lash tartibi

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) asosiy qarzni va unga hisoblab yozilgan foizlarni to'lashni kredit shartnomasida belgilangan to'lash muddati boshlangungacha yoki tugagungacha, kreditni muddatidan oldin to'laganlik uchun vositachilik to'lovisiz, muddatidan oldin amalga oshirishga haqlidir.

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) tomonidan foizlar va ipoteka kreditini to'lash quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

a) ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qog'ozlar bo'yicha olinadigan boshqa daromadlar hisobiga naqd pulsiz shaklda o'tkazish yo'li bilan;

b) naqd pul o'tkazgan holda;

v) qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning bankdagi omonatlari bo'yicha hisob raqamlaridan naqdsiz shaklda pul mablag'larini o'tkazish yo'li bilan;

g) bank plastik kartochkalaridan pul mablag'larini naqdsiz to'lash yo'li bilan;

d) naqdsiz shakldagi pul mablag'larini qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning ish beruvchisi tomonidan, moddiy yordam mablag'lari va ipoteka kreditini to'lash uchun ajratilgan boshqa mablag'lar hisobidan o'tkazish yo'li bilan;

e) fermer xo'jaliklarining yil yakuniga ko'ra fermer xo'jaligi boshlig'ining shaxsiy tasarrufiga o'tadigan daromadlari hisobidan o'tkazish yo'li bilan, agar u qarz oluvchi yoki birgalikda qarz oluvchilar deb hisoblangan taqdirda;

j) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga. (2015 yil 9 iyun holatiga)

Aloqa uchun ma'lumot

Telefon: (+998 71) 150-93-39, 150-39-93
Faks: (+998 71) 150-93-39