Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Viloyatdagi karantinga olingan 54 ta maktabda imtihon jarayonlari qoldirildi

Toshkent viloyatida jami 891ta maktab faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, hozirgi kunda 54 ta umumta'lim maktabi karantin holatida. Tahsilni onlayn rejimida olib borayotgan edi.

Joriy yilning 26 may kunidan boshlangan 9- va 11- sinflarda o'tkaziladigan davlat imtihonlari 837 ta maktabda barqaror holatda davom etayapti.

Tahsilni onlayn olib borgan ta'lim muassasalarida esa karantin muddati tugagach navbatdan tashqari pedogogik kengash yig'ilishi o'tkazilib, imtihon kunlari (sanalari) belgilab olinadi. Va belgilangan sanalarda karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda ochiq havoda yoki yopiq binolarda o'tkaziladi.