Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Viloyatda endi oliy ma'lumotli tibbiyot mutahassislari ham tayyorlanadi

Viloyatda endi oliy ma'lumotli tibbiyot mutahassislari ham tayyorlanadi

Chirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2021-2022 o'quv yilidan boshlab tibbiyot fakulteti tashkil etilib, mazkur yo'nalishida ham kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 19 mart kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida tibbiyot yo'nalishida kadrlar tayyorlash bo'yicha vazifalar belgilangandi. Negaki, viloyatda oliy ma'lumotli tibbiyot mutaxassislariga talab hamisha yuqori bo'lib kelgan.

Endilikda universitetda bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha “Davolash ishi” ta'lim yo'nalishida ham kadrlar tayyorlanadi.

Joriy o'quv yilida “Davolash ishi” ta'lim yo'nalishiga 100 nafar grant, 100 nafar to'lov-shartnoma asosida — jami 200 nafar talaba qabul qilindi.

Kuni kecha ta'lim muassasasida tibbiyot fakultetining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda ta'lim va tibbiyot sohasi mutasaddilari, viloyat va Chirchiq shahri faollari ishtirok etishdi.

Tadbir so'nggida, an'anaga muvofiq davolash ishi yo'nalishi bo'yicha birinchi kursga qabul qilingan talabalar qasamyod qilishdi.