Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Viloyat hokimligida fuqarolar qabuli haqida

Toshkent viloyati hokimligida jismoniy va yuridik shaxslar qabuli O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35 moddasiga, O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'RQ-445-sonli Qonuni asosida tashkil etilgan.

Murojaat etuvchilar bugungi kunda shaxsan viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan “Toshkent viloyati hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali”da belgilangan soat va kunlarda shaxsan hokim, hokim o'rinbosarlari, umumiy bo'lim rahbari va bosh mutaxassisi tomonidan qabul qilinadilar.

Qabulga yozilish hokimlikning Ijro apparati guruhi orqali amalga oshiriladi.

Qabulga yozilish istagini bildirgan jismoniy va yuridik shaxslar o'zlari bilan fuqarolik pasportlarini va murojaat qilinadigan masala bo'yicha tuman (shahar) hokimligiga yoki tegishli boshqarma, tashkilot yoki muassasaga murojaat etganliklari to'g'risidagi hujjatlarni hamda ularning javob xatlarini taqdim etishlari lozim.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunning 6-moddasiga binoan fuqaroning murojaatida fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi hamda ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati qisqacha bayon etilgan bo'lishi lozim.

Murojaatda fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili ko'rsatilmagan yoki soxta ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lsa, bunday murojaatlar anonim hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi.


Viloyat hokimligi Ijro apparati guruhi

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo'li ko'chasi 90 uy

Telefon: 0 371 232-80-61, 232-80-62, 232-80-63, 232-80-65