Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

O'zbekistonga 1,2 mln doza Pfizer vaktsinasi olib kelinadi

3f9e273c59e28a02932a7.jpg

29 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoev Olmaliq shahriga tashrifi chog'ida «Jurabek Laboratories» MChJ qo'shma korxonasida «SOVID-19» ga qarshi vaktsina ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Uchrashuvda xabar qilinishicha, O'zbekistonga yana 17,9 mln doza vaktsina etib kelishi kutilmoqda:

Moderna — 3 mln doza (oldinroq xabar berilgan edi);

Pfizer/Bio N Tech — 1,2 mln doza;

ZF-UZ-VAS-2001 — 12 mln doza

Sputnik V — 1,7 mln doza.

Ma'lumotga ko'ra, 2021 yilda xarid qilingan barcha vaktsinalarga 44 mln 761,5 ming AQSh dollari sarflangan. Ulardan o'zbek-xitoy vaktsinasiga $ 39 mln 100 ming, Sputnik V vaktsinasiga $3 mln 681,5 ming va AstraZeneca vaktsinasiga $1 mln 980 ming sarflangan.