Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

O'zbekistonda koronavirusga qarshi 1 million 120 ming nafardan ortiq kishi to'liq emlandi

photo2021-07-2507-24-09.jpg

27 iyulda mamlakatimiz hududlari bo'ylab 212 226 doza SOVID-19ga qarshi vaktsina qo'llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 150 468 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 41 272 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 20 486 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 6 763 780 doza vaktsinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 4 351 961 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 1 734 425 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 677 394 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to'liq emlangan fuqarolar 1 120 826 nafarni tashkil qilmoqda.

27 iyul kunidagi emlash ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori o'rinlarni:

  • Farg'ona viloyati ( 26 160 doza),
  • Toshkent viloyati (25 522 doza),
  • Namangan viloyati (21 343 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo'yicha yuqori ko'rsatkichlar:

  • Namangan viloyatida 889 517 doza,
  • Farg'ona viloyatida 879 269 doza,
  • Andijon viloyatida 748 575 doza,
  • Samarqand viloyatida 628 165 dozani tashkil qilmoqda.