Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Toshkentdagi INHA universiteti Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlik qiladi.

photo2021-01-2314-45-45.jpg

Toshkent shahridagi INHA universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov boshchiligidagi ishchi guruh Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida boʻldi.

Uchrashuvda Muzaffar Jalolov va OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov kombinatni raqamlashtirish, rejalashtirilgan avtomatlashtirishni amalga oshirish va IT-kadrlarni tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.

Tomonlar Toshkent shahridagi INHA universitetining iqtidorli talabalari kombinatda amaliyot oʻtashlari, ularni IT-loyihalarga jalb qilish hamda OKMK boʻylab press-turlar tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

 

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati