Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Toshkent viloyatida investisiya va eksport ko'rsatkichlari to'g'risida ma'lumot

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar.

2020 yil uchun viloyatda 56 ta loyiha doirasida 309,2 mln. doll., shundan 270,5 mln. doll. to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni o'zlashtirish belgilangan.

Yil yakuni bilan belgilangan reja 322,5 mln doll. yoki 119 foizga bajarildi.

2021 yil uchun umumiy qiymati 1 095,5 mln. doll. bo'lgan 107 ta loyiha doirasida 371,8 mln doll. 2020 yilga nisbatan 114 foiz o'sish sur'ati bilan investisiyalarni o'zlashtirishni reja qilib olganmiz.

O'tgan yilda 22 ta hududda 56 ta xorijiy investisiyalar ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilgan bo'lsa, 2021 yilda barcha hududlarda teng ravishda 107 ta to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.

Shundan, yanvar' oyi uchun 10,2 mln. dollar reja prognozi belgilangan bo'lib, 12,9 mln. dollar investisiyalar o'zlashtirildi yoki 126 foizga bajarildi.

YAnvar'-fevral' oylari uchun 27,6 mln. dollar xorijiy investisiyalar o'zlashtirilishi belgilangan bo'lib,  35,9 mln.dollarga yoki 130 foizga bajarildi.

1-chorak yakuni bilan belgilangan 48,5 mln. dollar reja prognozi 63,1 mln.dollarga yoki 130 foizga bajarilishi kutilmoqda.

Viloyatga jalb etilgan jami investisiyalarning 40 foizini Xitoy, 14 foizi Koreya, 9 foizini Rossiya 8 foizini Turkiya, 6 foiz Angliya, va 23 foizini boshqa davlatlar investorlari hissasiga to'g'ri kelmoqda.

To'g'ridan-to'g'ri investisiyalarni jalb etish bo'yicha 2019 yilda 36 ta, 2020 yilda 43 ta davlatlar bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirilgan bo'lsa, 2021 yilda 52 ta, 2022 yilda 57 ta, 2023 yilda 66 ta davlatlar kompaniyalari ishtirokida yangi investisiya loyihalari amalga oshirish bo'yicha muzokaralar va kelishuvlarni imzolash ishlari olib borilmoqda.