Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Toshkent viloyatida “Yoshlar daftari”ning yuritilishi va “Yoshlar jamg'armasi” mablag'laridan foydalanish bo'yicha hisobot shakli

Toshkent viloyatida jami 0-30 yoshdagi 1 571 890 nafar, 18-30 yoshdagi 550 102 nafar yoshlar mavjud.

Viloyatdagi 1 050 ta mahallalarda 672 060 ta xonadon uyma-uy yurilib, 18-30 yoshdagi 518 916 nafar yoshlar xatlovdan o'tkazildi (shundan, erkaklar – 249 894 nafar, xotin-qizlar – 266 022 nafar).

Ushbu yoshlarning 198 044 nafari (36.0 foiz) davlat, nodavlat, xususiy sektor va ta'lim sohasida rasman band hisoblanadi.

Bugungi kunga qadar, 1 050 ta mahallalarda o'rganish lozim bo'lgan 358 546 nafar yoshlarning 342 374 nafari (95.5 foiz) bilan birma-bir muloqot qilinib, shundan, “Yoshlar daftari”ga 35 498 nafar (10.4 foiz) yoshlar kiritildi.

Ko'rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 35 100 nafar (98.9 foiz) yoshlar daftardan chiqarildi. Hozirda viloyat bo'yicha 398 nafar (1.1 foiz) yoshlar “Yoshlar daftari”da qolmoqda.

Jumladan, “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarning 16 682 nafari (47.5 foiz) doimiy ish o'rinlariga joylashtirildi;

979 nafariga (2.8 foiz) 32 307 mlrd. so'm imtiyozli kreditlar ajratildi;

10 868 nafariga (30.9 foiz) “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida 2 717 gektar er maydonlari ajratildi.

Bundan tashqari, joriy yilda jami 35 871 nafar bitiruvchilar ta'lim muassasalarini tamomlab, ularning 33 241 nafari o'qishni davom ettirishi, 2 630 nafari esa birinchi marta mehnat bozoriga kirib kelishini inobatga olib, ularning bandligini ta'minlash rejalari ishlab chiqildi.

Jumladan, bitiruvchilarning

1116 nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish;

102 nafarini doimiy va jamoat ishlariga jalb etish:

57 nafarini tashabbuskor tadbirkor va hunarmandlarga biriktirish;

1048 nafariga ijara asosida er ajratish;

241 nafariga “Bandlikka ko'maklashish” va “Yoshlar daftari” jamg'armalaridan subsidiya ajratish;

 66 nafariga tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratish rejalashtirilgan.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan maxsus jamg'armada jami 25 630,7 mlrd. so'm mablag' shakllantirilgan bo'lib, uning 2 635,9 mln. so'mi mahalliy byudjetdan, 10 032,8 mln. so'mi undiruvlarga oid ijro hujjatlari bo'yicha mablag'lardan ajratma va 12 962,0 mln. so'mi 01.01.2021 holatiga qoldiq mablag'larini tashkil etgan.

(Ma'lumot uchun: mahalliy byudjet daromadlarining prognoz ko'rsatkichini oshirib bajarilgan qismi jami 186 902 mlrd  so'mni tashkil etadi, shundan 229 309 foizi jamg'armaga tushurilgan).

Bugungi kunga qadar jamg'arma mablag'lari hisobidan 5967 nafar yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun 581 981 ming.so'm mablag' sarflandi.

Jumladan,

1703 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam ajratish uchun 1  424 370 ming so'm;

311 nafar yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarlarga o'qitish harajatlarini qoplash uchun  48 ming 031so'm;

171 nafar yoshlarga urug'lik va ko'chatlar sotib olish uchun
168 ming 100 so'm;

2 643 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari xarid qilish uchun 5 464 ming.so'm;

73 nafar yoshlarning to'lov-kontrakt summalarini to'lab berish uchun 155  289 ming.so'm;

26 nafar yoshlarning davolanish xarajatlarini qoplab berish uchun 108  156 ming.so'm;

2 nafar yoshlarning noturar joy ijarasini qoplab berish uchun
9 ming.so'm;

0 nafar yosh oilalarning turar joy ijarasini qoplab berish uchun 0 ming so'm; (Shu o'rinda mablag' sarflanmagan)

91 nafar yoshlarga psixologik xizmat ko'rsatish uchun 0 ming.
0 so'm; (xomiylar yordami asosida)

310 nafar yoshlarning iste'dodini qo'llab-quvvatlash uchun 558 141 ming.so'm;

52 nafar yoshlarning safarbarvarlik chaqiruvi rezervi uchun
262 560 ming.so'm;

678 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomasi uchun
1 093 ming.so'm ajratib berildi.

Mazkur jarayonni mahallalar kesimida o'rganish maqsadida tanlov asosida Piskent tumanida Saidobod MFYda yoshlar bilan ishlash faoliyati o'rganildi.

Jumladan, “Saidobod” MFYda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan fuqarolar 859 nafarni tashkil etib, ularning 84 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

Daftarga kiritilgan yoshlarga turli yo'nalishlarda amaliy yordamlar ko'rsatish orqali ularning 84 nafari (ya'ni 100 foizi) daftardan chiqarilgan.

Jumladan,

46 nafari doimiy ish o'rinlariga joylashtirilgan;

1 nafariga 30 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan;

37 nafariga “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida 11.1 gektar er maydoni ajratilgan.

Bugungi kunda “Saidobod” MFYda “Yoshlar daftari”da mavjud bo'lgan 0 nafar fuqarolarning bandligini ta'minlash bo'yicha prognoz parametrlari ishlab chiqilib mavjud bo'lib, joriy yil yakuniga qadar ularning:

0 nafarini doimiy ish o'rinlariga joylashtirish;

0 nafariga 0 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratish;

0 nafariga 0 gektar er maydoni ajratish;

0 nafarini tashabbuskor tadbirkor va hunarmandlarga biriktirish;

0 nafariga 0 mln. so'm “Bandlikka ko'maklashish” va “Yoshlar daftari” jamg'armalari hisobidan subsidiya ajratish;

0 nafariga ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko'rsatish orqali bandligini ta'minlash rejalashtirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarorida “Yoshlar daftari” jamg'armasiga har chorak uchun mahalliy byudjetda shakllangan qo'shimcha manbalarning kamida 15 foizi ajratilishi belgilab qo'yilgan. Biroq, Toshkent viloyati tuman, shaharlarida chorak uchun mahalliy byudjet daromadlarining prognoz ko'rsatkichini oshirib bajarilgan qismining 15 foizi 186 mln. 902 ming so'mni tashkil etsada, shundan “Yoshlar daftari” jamg'armasiga faqatgina 229 mln. so'm yoki 123 foizi o'tkazib berilgan.