Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Toshkent viloyatida yangi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qiladi:

Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Chinoz tumani bo'limi:
—Bo'lim boshlig'i o'rinbosari - mablag'larga bo'lgan ehtiyojni aniqlash buxgalteriya hisobi va hisobotlari sektori mudiri 

Bo'ka tumani hokimligi:
Moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi 

—Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, komunikatsiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi

Bo'ka tumani Qishloq xo'jaligi bo'limi:
—Xodimlar, xujjatlar va murojaatlar bo'yicha etakchi mutaxassisi 

YAngiyo'l tumani hokimligi moliya bo'limi:
—Mahalliy byudjetni shakllantirish va byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta'minlash bo'limi boshlig'i o'rinbosari 

Bekobod tumani hokimligi moliya bo'limi:
—Obodonlashtirish, kommunal va yo'l xo'jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta'minlash sho''basi bosh iqtisodchi 

Angren shahar hokimligi moliya bo'limi:
—Mahalliy byudjetni shakllantirish va byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta'minlash bo'limi bosh iqtisodchi 

Nurafshon shahar hokimligi moliya bo'limi:
—Maxalliy byudjetni shakllantirish va byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta'minlash bo'limi boshlig'i o'rinbosari

—Obodonlashtirish, kommunal va yo'l xo'jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta'minlash sho''basi bosh iqtisodchi 

Olmaliq shahar davlat soliq inspektsiyasi:
—Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash sho''basi Davlat soliq bosh inspektori 

YAngiyo'l shahar davlat soliq inspektsiyasi:
—Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorida ishlarni tashkil qilish bo'limi davlat soliq katta inspektori (2-sektorga mas'ul) 0,5 stavka 

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali  orqali ro'yxatdan o'tishlari, vakant bo'lgan lavozimga so'ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Hujjatlar 2021 yil 15 iyuldan 24 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

 Portaldan foydalanish bo'yicha videoqo'llanma 

YAgona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan foydalanish bo'yicha videoqo'llanma