Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Toshkent viloyatida 2021-2022 yillarda amalga oshiriladigan investsiiya loyihalari to'g'risida ma'lumot

Toshkent viloyatida hududiy dasturga kiritilgan loyihalarni xatlovdan o'tkazish va yangi investisiya loyihalarni shakllantirish bo'yicha.

Toshkent viloyatida 2021-2022 yillarda amalga oshiriladigan qiymati 109,3 trln so'mlik 618 ta loyihalar ro'yxati tasdiqlangan. Ularning amalga oshirilishi natijasida 34,8 mingta yangi o'rinlari yaratilishi belgilangan. Jumladan:

  • Davlat investisiya dasturi doirasida qiymati
    97,7 trln so'mlik 155ta loyiha, 18,0 mingta ish o'rinlari;
  • Xududiy dastur doirasida qiymati 11,6 trln so'mlik 463ta loyiha, 16,8 mingta ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.

Shuningdek ishchi guruh tomonidan ushbu loyihalarni to'liq xatlovdan o'tkazilib tuman/shaharlarning “o'sish nuqtalari”dan kelib chiqib qo'shimcha qiymati 10,2 trln so'mlik 490 ta yangi loyihalar ruyxati shakllantirilib, tegishli vazirlik, tashkilotlar, tijorat banklar
va tuman/shahar xokimliklari bilan kelishib olindi.

Ushbu yangi loyihalarni amalga oshirilishi natijasida qo'shimcha 18,0 mingta yangi ish o'rinlari yaratilishi belgilab olindi.

 Shundan kelib chiqib, umumiy hisobda Toshkent viloyatida 2021-2022 yillarda qiymati 119,6 trln so'mlik 1 108 ta loyihalarning manzilli ro'yxati mahallalar kesimida shakillantirildi va 52,8 mingta yangi o'rinlari yaratilishi belgilab olindi.

          Ushbu loyihalarni tarmoqlar kesimida tahlil qiladigan bo'lsak:

      - sanoat yo'nalishida – qiymati 107,3 trln.so'mlik 418 ta loyihada 30,8 mingta ish o'rni;

      - xizmat ko'rsatish yo'nalishida – qiymati 8,2 trln.so'mlik 362 ta loyihada 12,5 mingta ish o'rni;

      - qishloq xo'jaligi yo'nalishida – qiymati 4,1 trln.so'mlik 328 ta loyihada 9,5 mingta ish o'rinlari

yaratilishi belgilab olindi.