Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Toshkent viloyati hududlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narh-navo barqarorligini ta'minlash to'g'risida 2021 yil 1 aprel' holatiga

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020 yil 16 oktyabr' kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining joriy yil 17 oktyabrdagi 02-2921-sonli topshiriq xatiga muvofiq, shuningdek, viloyat aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, ichki iste'mol bozoriga mahsulotlarning o'z vaqtida etkazib berilishini tizimli monitoring va nazorat qilish hamda bozorlarda narx-navolar keskin oshishining oldini olish maqsadida, viloyat hokimining joriy yil 19 oktyabrdagi 474-sonli qarori tasdiqlandi.
Qarorda belgilab berilgan ustuvor topshiriqlar ijrosini ta'minlashda viloyat aholi ehtiyojini qondirish maqsadida, 2020 yil noyabr'-dekabr' oylari va 2021 yil may oyigacha bo'lgan davrga qadar asosiy 11 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berish taqsimlanib chiqildi. Jumladan:
- mol va qo'y go'shti - 62 741 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- parranda go'shti - 29 000 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- baliq – 13 896 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- kartoshka – 76 476 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- guruch 14 400 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- un – 7 206 tonna (125 tonna import hisobidan);
- shakar – 16 178 tonna (2 812 tonna import hisobidan);
- tuxum 307 432 ming.dona (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- o'simlik yog'i – 13 383 tonna (1 595 tonna import hisobidan);
- piyoz – 9 900 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- sabzi – 28 000 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
Mazkur mahsulotlarga talab etiladigan mablag' miqdori 1 210 mlrd.so'mni tashkil qiladi. (shundan, 1 108,4 mlrd.so'm o'z mablag'i, 86,9 mln.so'm bank krediti va 14,6 mlrd.so'm jamg'arma mablag'i)

2021 yil yanvar-mart holatiga viloyat hududlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash maqsadida reja-grafika muvofiq quyidagi mahsulotlar savdoga chiqarildi. Jumladan:
- mol va qo'y go'shti - 33 880 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- parranda go'shti - 15 660 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- baliq – 7 504 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- kartoshka – 41 297 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- guruch 7 776 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- un – 3 536 tonna (101 tonna import hisobidan);
- shakar – 8 089 tonna (1 406 tonna import hisobidan);
- tuxum 166 mln.dona (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- o'simlik yog'i – 6 512 tonna (618 tonna import hisobidan);
- piyoz – 5 346 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
- sabzi – 15 120 tonna (ichki ishlab chiqarish hisobidan);
Yuqoridagi oziq-ovqat mahsulotlarini 203 ta tadbirkor va 3,4 ming.ga yaqin mahsulot etishtiruvchi fermer hamda qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan o'z muddatida aholiga etkazib berilmoqda. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri import qilayotgan korxonalar to'g'risida joriy yil yanvar' va mart oylarida viloyatdagi importyor korxonalari tomonidan, to'g'ridan to'g'ri qo'shni davlatlaridan ya'ni, Ohangaron tumanidagi “Viktor agro klaster” MChJ tomonidan 800 tonna kartoshka, Toshkent tumanidagi "Parvoz Group Biznes" MChJ korxonasi 400 tonna o'simlik yog'i hamda "Yangi Imkoniyatlar Davri" MChJ korxonasi 800 tonna shakar mahsulotini aholiga etkazib berildi.
Kafolatli zaxirani yaratish, ularni ichki dehqon bozorlari savdosiga chiqarish va maqsadli ishlatish.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 oktyabrdagi “2020-2021 yil qish va bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 648-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, viloyat hokimining joriy yil 26 oktyabrdagi 480-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq viloyat aholisi va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun jami 75 ming tonna, jumladan, 35 ming tonna kartoshka, 19 ming tonna piyoz, 14 ming tonna sabzi hamda 7 ming tonna guruch mahsulotlarini zaxiraga jamg'arish prognoz ko'rsatkichlari belgilab olingan.
2020 yil 20 dekabr' holatiga amalda 79,1 ming tonna (37 ming tonna kartoshka, 19 ming tonna piyoz, 15 ming tonna sabzi va 7 ming tonna guruch) zaxira yaratilib reja 105,5 foizga bajarildi. Jumladan 37,7 ming tonna kartoshka (107,7%), 19,7 ming tonna piyoz (103,9%), 14,6 ming tonna sabzi (104,4%) va 7,1 ming tonna guruch (100,8%)ga mahsulotlar zaxiraga jamg'arildi. 
Jamg'arilgan zaxirani savdoga chiqarilishi to'g'risida.
Toshkent viloyat hokimining 2020 yil 28 dekabr' kuni “2020-2021 yillar qish va bahor mavsumiga jamg'arilgan asosiy turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ichki iste'mol bozoriga savdoga chiqarilishi va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyoji uchun ishlatilishi to'g'risida”gi TARMOQ JADVALI tasdiqlandi.
Ushbu mahsulotlarni tasdiqlangan tarmoq jadvaliga muvofiq, joriy yilning 1 aprel' kuni holatiga 47 237 tonna ichki dehqon bozorlariga savdoga chiqarildi hamda ijtimoiy soha muassasalariga maqsadli ishlatildi. Qolgan 31 871 tonna mahsulotlar omborlarda saqlanmoqda.
Jumladan;
Kartoshka 15 369 tonna, piyoz 7 920 tonna, sabzi 8 801 tonna hamda 2 765 tonna guruch mahsulotlari omborlarda saqlanmoqda.