Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Toshkent viloyati hokimi, Davron Hidoyatovning 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlarga yo'llagan tabrigi

Aziz uka-singillarim! Sizlarni 30 iyun “Yoshlar kuni” bilan qizg'in muborakbod etaman!

Sizlar zamonaviy bilim va hunar sirlarini egallab, ulug' ajdodlarimizga munosib avlod sifatida Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shishingizga va sadoqatli farzand bo'lishingizga ishonaman.

Zero, “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da mamlakatimiz yoshlari qatori viloyatimiz yigit-qizlariga ham keng amaliy yordam va imkoniyatlar yaratib berildi. Men ishonamanki, sizlar viloyatimizning eng chekka hududlarida tadbirkorlik, hunarmandchilik hamda dehqonchilik sohasidagi sharoitlardan unumli foydalanib, yurtimizni gullab-yashnatishga bor kuchingiz va bilimingizni safarbar eta olasiz.

YAngi O'zbekistonning asosiy drayveri bo'lgan siz yoshlarni ezgu maqsadlar yo'lida birlashishga, Prezidentimizga qanot bo'lishga chorlab qolaman.

“Yoshlar kuni“ bilan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, o'qish va ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman!

photo2021-07-0917-24-31.jpg