Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Tezkor! 1 sentyabrdan boshlab nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi

Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida bugun videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi ma'lum qildi.



Unda Shavkat Mirziyoev nafaqa miqdorini hisoblash o'zgarishini ma'lum qildi.

«1 sentyabrdan boshlab nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha, to'lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi.

Bundan tashqari, 122 ming nafar «temir daftar»ga kirgan oila farzandlari, shuningdek 370 ming nafar boquvchisini yo'qotgan va nogironligi bo'lgan bolalarga maktabga chiqishi uchun 500 ming so'mdan beriladi.

Vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar ham oliygohlarga kirishda Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari uchun ajratilgan qo'shimcha kvotadan foydalanadilar.

To'rtinchidan, Mehribonlik uylari bitiruvchilarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtiriladi. Jumladan, 18 yoshga to'lgan, uy-joyga muhtoj etim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratiladi.

Buning uchun, 757 nafar bolaga uy-joy sotib olishga joriy yilda byudjetdan 120 milliard so'm yo'naltiriladi.
Viloyat hokimlari 1 oktyabrga qadar 757 nafar etim bolalarni uy-joy bilan ta'minlasin.

Etim yoki ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oshiriladi.

Shuningdek, ota-onasidan ajragan talabalarga pensiya to'lash muddatini amaldagi 18 yoshdan 23 yoshgacha uzaytirsak, o'ylaymanki, bu ham adolatdan bo'ladi. Ushbu talabalarga zarur adabiyotlar sotib olish uchun har yili bir marta 1,2 million so'm subsidiya beriladi», dedi Prezident.