Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, ularni qo'llab-quvvatlash va kambag'allikdan chiqarish bo'yicha ko'rilgan choralar to'g'risida ma'lumot 01.04.2021 yil holatiga

Davlat rahbarining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlariga ko'ra, Koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og'irlashgan oilalarning bandligini ta'minlash orqali ularga daromad manbai yaratishning (16.06.2020y) “Vaqtinchalik tartibi” ishlab chiqildi.

Ushbu tartibga muvofiq barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo'yicha mutlaqo yangi – “Temir daftar” tizimi joriy etildi.

Qisqa muddatda ushbu tizim orqali viloyat bo'yicha 50 ming 553 ta yordamga muhtoj oilalar va ulardagi 210 ming 220 nafar aholi haqidagi ma'lumotlar “saxovat.argos.uz” elektron dasturiga kiritildi.

Olib borilgan manzilli ishlar natijasida tuman va shahar Halq deputatlari kengashi qarorlari asosida jami 43 ming 988 ta (87,0%) oilalar Temir daftar” ro'yhatidan chiqarildi. Hozirda 6 ming 565 ta oila (23 ming 110 nafar aholi) ehtiyojmand oilalar ro'yhatidan joy olgan.

“Temir daftar”dagi oilalarning 52 ming 134 nafar mehnatga layoqatli ishsiz oila a'zolari bo'lib, ularning ishlash istaklari faoliyat turlari bo'yicha aniqlab olindi hamda 51 ming 533 nafari (98,8%) ishga joylashtirildi.

Jumladan:

- Iqtisodiy kompleksga 3 ming 702 nafar;

- Investisiya kompleksiga 1 ming 222 nafar;

- Qishloq ho'jaligi kompleksiga 3 ming 816 nafar;

- Qurilish kompleksiga 149 nafar;

- Norasmiy bandlik 15 ming 078 nafar;

- O'zining ishiga qaytish 4 ming 661 nafar;

- O'zini o'zi band qilish 16 ming 829 nafar, shuningdek boshqa vakant ish o'rinlariga 6 ming 076 nafar.

Hozirgi kunda “Temir daftar” ro'yhatida 6 565 ta oila va ularning 23 110 nafar a'zolari ro'yhatda qolmoqda.

“Temir daftar” ro'yhatdan chiqarish imkoni bo'lgan 3 412 ta oiladan:

-tadbirkorlikka o'qitgan holda imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga – 545 ta;

-qishloq ho'jaligida 0,1-1,0 ga er maydoni ajratish hisobiga – 752 ta;

-hududiy dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalardagi yaratiladigan yangi ish o'rinlariga joylashtirish hisobiga – 985 ta;

-subsidiya ajratish orqali bandligini ta'minlash hisobiga – 420 ta;

-o'zini-o'zi band qilish orqali (PQ-4742) – 710 ta “Temir daftar”dan chiqariladi.

“Temir daftar”da qoladigan oilalar 3 153 tani tashkil etadi, jumladan:

Nogirogon a'zosi mavjud oilalar 1 250 ta;

Yakka-yolg'iz oilalar 498 ta;

Boquvchisini yoqotgan oilalar 508 ta;

Pensionerlardan iborat oilalar 307 ta;

16 yoshga to'lmagan bolalar bor oilalar 590 ta oilalarni tashkil etmoqda.