Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

“Temir daftar”ga kiritilgan muxtoj oilalar, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va kambag'allikdan chiqarish bo'yicha ko'rilgan choralar to'g'risida

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi 250-son qarori 1-ilovasiga muvofiq, “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og'ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo'llab quvvatlash bo'yicha “Vaqtinchalik tartibi” ishlab chiqildi.

Mazkur Vaqtinchalik tartib barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og'ir oilalar muammolarini tizimli hal etish va ularni ijtimoiy qo'llab quvvatlash tartibini belgilaydi.

Qisqa muddatda ushbu tizim orqali viloyat bo'yicha 50 ming
631 ta yordamga muhtoj oilalar va ulardagi 210 ming 604 nafar aholi haqidagi ma'lumotlar “saxovat.argos.uz” elektron dasturiga kiritildi.

Olib borilgan manzilli ishlar natijasida tuman va shahar Xalq deputatlari kengashi qarorlari asosida jami 46 ming 103 ta (91,1%) oilalar “Temir daftar” ro'yxatidan chiqarildi. Hozirda
4 ming 528 ta oila (15 ming 585 nafar aholi) ehtiyojmand oilalar ro'yxatidan joy olgan.

“Temir daftar”dagi oilalarning 53 ming 447 nafar mehnatga layoqatli ishsiz oila a'zolari bo'lib, ularning ishlash istaklari faoliyat turlari bo'yicha aniqlab olindi hamda 53 ming
51 nafari (99,3%) ishga joylashtirildi.

Jumladan:

- Iqtisodiy kompleksga 3 ming 721 nafar;

- Investitsiya kompleksiga 1 ming 242 nafar;

- Qishloq xo'jaligi kompleksiga 3 ming 773 nafar;

- Qurilish kompleksiga 153 nafar;

- Norasmiy bandlik 15 ming 884 nafar;

- O'zining ishiga qaytish 4 ming 685 nafar;

- O'zini o'zi band qilish 17 ming 267 nafar, shuningdek boshqa vakant ish o'rinlariga 6 ming 326 nafar.

Hozirgi kunda “Temir daftar” ro'yxatida 4 ming 528 ta oila va ularning 15 ming 585 nafar a'zolari ro'yxatda qolmoqda.

“Temir daftar” ro'yxatdan chiqarish imkoni bo'lgan 1 905 ta oiladan:

-tadbirkorlikka o'qitgan holda imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga – 299 ta;

-qishloq ho'jaligida 0,1-1,0 ga er maydoni ajratish hisobiga – 431 ta;

-hududiy dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalardagi yaratiladigan yangi ish o'rinlariga joylashtirish hisobiga – 447 ta;

-subsidiya ajratish orqali bandligini ta'minlash hisobiga – 425 ta;

-o'zini-o'zi band qilish orqali (PQ-4742) – 303 ta “Temir daftar”dan chiqariladi.

“Temir daftar”da qoladigan oilalar 2 623 tani tashkil etadi, jumladan:

Nogirogon a'zosi mavjud oilalar 990 ta;

YAkka-yolg'iz oilalar 483 ta;

Boquvchisini yoqotgan oilalar 436 ta;

Pensionerlardan iborat oilalar 267 ta;

16 yoshga to'lmagan bolalar bor oilalar 447 ta oilalarni tashkil etmoqda.