Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Prezident Shavkat Mirziyoev:

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev nogironligi bo'lgan, ota-ona qaramog'idan mahrum va etim bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari bo'yicha videoselektor yig'ilishini o'tkazmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev:

Ochiq aytish kerak, bugungi kunda xalq ta'limi tizimiga qarashli Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalaridagi tarbiyachilarning 95 foizi ayollar bo'lib, bolalar ularni “ona” deb chaqirishadi.
Lekin, “ota” tarbiyasi-chi? Bu erdagi farzandlarimizni oilaga imkon qadar yaqin muhitda tarbiyalashimiz uchun, albatta, “ota” va “ona” mehrini bera oladigan tizim yaratishimiz kerak.
Tuman va shahar hokimlari hamda sektor rahbarlari bolalarni homiylik, vasiylik va oila patronatiga berish ishlariga umuman e'tiborsiz.
Shu bois, sohada mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi.
Birinchidan, 16 ta Mehribonlik uylari va 4 ta Bolalar shaharchalari Xalq ta'limi vazirligi tizimidan chiqarilib, Milliy gvardiyaga o'tkaziladi.

Bu tizim orqali, kelgusida ushbu o'g'il-qizlar orasidan “Temurbeklar maktablari” o'quvchilari va Jamoat xavfsizligi universiteti tinglovchilari, Vatanimizning chinakam posbonlari etishib chiqishiga ishonchim komil, – dedi Prezident. – Birgina misol, Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyida Inxa universiteti bilan yangi tizim yaratgan.

Shu bois, biriktirilgan rektorlar Mehribonlik uylariga tarbiyachilar tayyorlash, kutubxona fondini boyitish, bolalarni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlarga o'rgatish va ularni kelgusida oliygohlarga kirishiga ko'maklashish muhitini shakllantirishga, teatr va kontsertlar tashkil etishga mas'ul va javobgar bo'ladilar.

– Bir oy muddatda har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi kamida 20 tadan eng zamonaviy kompyuter va tezkor Internet bilan ta'minlansin, – dedi Davlat rahbari. – Bir oy muddatda har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi Inxa universiteti, Axborot texnologiyalari universiteti, IT markaz va parklarga bog'lab, o'quv kurslarini tashkil etilsin.

Moliya vazirligi har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalariga o'z tizimidagi ikkitadan mutaxassisni doimiy biriktirib, o'z vaqtida moliyalashtirish va ajratilgan mablag'larni samarali ishlatishga javob beradi.

Bundan tashqari, sharoiti og'ir bo'lgan Mehribonlik uylarini Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimlari otaliqqa oladi.

Masalan, Davlat xavfsizlik xizmati – Bo'kadagi 15-son Mehribonlik uyi bilan shaxsan shug'ullanib, yil yakuniga qadar ularning barcha muammolarini hal etib beradilar.

Shuningdek, Mehribonlik uylarida tarbiya olayotgan qizlarimizning ta'lim-tarbiyasi, ularni balog'atga, turmushga tayyorlash Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining asosiy vazifalaridan biri bo'ladi.

Ushbu qizlarning barchasi “ayollar daftari”ga kiritilib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda Mehribonlik uylaridan keyingi hayotidagi o'z o'rnini topishiga har tomonlama ko'maklashiladi.