Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

PRESS - RELIZ

Yangiyo‘l shahrida Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

Ommaviy sayyor qabulda viloyat boshqarma va tashkilotlari, Yangiyo‘l tumani va shahri sektorlari rahbarlari, mazkur tuman va shahar fuqarolari ishtirok etdi.

Qabulda tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik, elektr energiyasi ta’minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi, uy-joy, tibbiy xizmat, moddiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq 60 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Xususan, Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori D.Qodirovning murojaatiga asosan ushbu muassasa ta’miri uchun mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan 100 million so‘m ajratilishi belgilandi.

Shuningdek, viloyat hokimi sport murabbiyining turmush sharoiti bilan qiziqib, D.Qodirovning sportda erishayotgan natijalari va oilaviy sharoitini inobatga olgan holda, tajribali murabbiyga bepul 3 xona uy berish bo‘yicha topshiriq berdi

Sayyor qabulda ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Muloqot doirasida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilib, 20 nafardan ziyod fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 12 nafariga davolanish uchun bepul yo‘llanma berildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan 8 fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi.

Viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli 9 aprel kuni Nurafshon shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.