Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

PRESS RELIZ

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan joriy yilning 15 fevraldagi  "Koronavirus infektsiyasiga qarshi ommaviy emlash jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish to'g'risida"gi 31-sonli buyrug'i asosida,. viloyat Sog'liqni saqlash, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmalari hamda tuman-shahar hududlarida alohida shtablar tuzildi. SOVID-19 ga qarshi emlanishi lozim bo'lgan shaxslarning elektron ro'yxati shakllantirildi

     Emlashdan so'ng nojo'ya reaktsiyalar aniqlangan holatda shoshilinch yordam ko'rsatadigan shifoxonalar va reanimatolog vrachlar belgilash to'g'risidagi punktlariga 108 nafar reanimatologlar biriktirildi.

     Vaktsinalarni qabul qilish, tashish va saralash bo'yicha viloyat, shahar va tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat boshqarmasida vaktsinalarni saqlash omborxonasida SEOvaJSX markaziy apparat xodimlari tomonidan qat'iy nazoratlar olib borilib,  viloyat bo'yicha vaktsinalarni qabul qilishga tayyor holga keltirildi.

     Emlash o'tkazish davrida davolash-profilaktika muassasalari va “103” tez yordam xizmati uchun qo'shimcha yoqilg'i-moy mahsulotlari, ehtiyot qismlar zahirasini yaratish va etarli miqdorda transport vositalari ajratish masalasi bo'yicha viloyat hokimliklariga ko'rsatma xatlar chiqarilgan.

     Toshkent viloyati bo'yicha 85 va undan yuqori bo'lgan uzoq umr ko'ruvchilarning 15 ming 591 nafari ro'yxati  shakllantirildi, shuningdek, 41 ming 012 nafar 75-84 yoshlilar, 65-74 yoshgacha 112 ming 941 nafari koronavirusga qarshi emlash uchun  rejaga kiritilgan. Emlash uchun xavfli guruhlardan yurak qon tomir kasalligi bilan og'rigan bemorlar 326 ming 875 nafarni, qandli diabet bilan kasallanganlar 27 ming 508 nafar,  surunkali respirator kasalliklar 35 ming189 nafar, 9ming650 nafari xavfli o'sma kasalliklarini tashkil etib, ular  birinchilar qatorida emlanishi ko'zda tutilgan.  Keyin  47 ming nafar tibbiyot xodimlari, 50 ming 332 nafar maktab o'qituvchilari, 16 ming 923 nafar MTM tarbiyalanuvchilari jami 728ming689 nafar fuqaro emlanishi ko'zda tutilgan.

    Toshkent viloyatida 348 ta emlash xonalari tashkil etildi. To'liq o'rganib chiqildi. Emlash ishlarini boshlashga tayyor holga keltirildi.

    Koronovirus infektsiyasiga qarshi emlash jarayonida gigienik qoidalariga rioya qilish maqsadida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 14 turdagi ShXV laridan taqsimot qilinib, shahar va tumanlarga zaxira sifatida olib qo'yildi.

     Joriy yilning 1-7 mart kunlari 1501 nafar tibbiyot xodimlari o'qitish va tayyorgarlikdan o'tkazish ishlari olib borildi.  27 fevral-2 mart kunlari “SOVID-19” ga qarshi vaktsinatsiyani joriy etish bo'yicha trenerlarni tayyorlash mavzusida o'quv mashg'ulotlar o'tkazildi. Ushbu mashg'ulotlarda AKT xodimlari tomonidan emlash.uz programmasiga ro'yxatga kiritish bo'yicha viloyat boshqarma xodimlariga axborot berildi.

    Patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan emlangan shaxslarni emlash kunida chaqirib kelishi bo'yicha uchastkalar kesimida shahar va tumanlarda shakllantirildi, emlangandan so'ng 30 daqiqa davomida tibbiy nazoratni olib borish bo'yicha har bir emlash punktida kutish xonalarini tashkillashtirish rejalashtirilmoqda. Huddi shuningdek, keyinchalik 3 (uch) kun davomida uyiga tashrif buyurish yo'li bilan muntazam kuzatib borilishi bo'yicha topshiriqlar berildi.

     Markazdan va aholi yashash punktlaridan uzoqda joylashgan hududlardagi emlash punktlarida 53 ta avtotransport vositalari biriktirilgan. Viloyat bo'yicha 331 ta vrach, 623 nafar vaktsinatorlar va ularning dublyorlari, 597 nafar registratorlar, 60 ta harakatdagi brigadalar tashkil etildi.

     70ming shprits, 700 ta KBU olindi. 23 fevral kuni SSV, halqaro YuNISEF tashkiloti tomonidan emlash punktlari uchun jami 174 ta maxsus sovutgichlar, vaktsina tashish uchun 1 ta avtorefrijirator, 22 ta miniven avtotransportlari olib kelindi va shahar va tumanlarga tarqatildi. Bugungi kunda SEOvaJSB bo'limlarida 140 ta sovutgich, 3 ta sovutish kamerasi, 143 ta termosumka, DPM 450 ta sovutgich mavjud va ishchi xolatda. 612 ta termosumka 8764 ta sovuqlik elementi mavjud.

       Barcha shaxar va tumanlarga emlash bo'yicha kuratorlar ajratilgan. Jumladan, hududlarda mahalla faollari hamda aholi o'rtasida emlash bo'yicha targ'ibot ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar, 5248 ta xonadonda suhbat o'tkazildi.