Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

PRESS RELIZ

Respublikada baliqchilik tarmog'ini jadal rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etgan holda hajmlarini oshirish, sohani tartibga solish bo'yicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning ijrosini sifatli va puxta ta'minlash choralari ko'rilmoqda.

Toshkent viloyatida 2021-2023 yillarda umumiy qiymati 538,9 mln. dollarlik (shundan, 389,5 mln. dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar) 34 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi va natijada 4165 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

2021 yilda umumiy qiymati 129,0 mln. dollarlik (shundan, 27,5 mln. dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar) 16 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi va natijada 1987 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi kutilmoqda.

2020 yil yakuniga ko'ra viloyat bo'yicha farmatsevtika sohasida umumiy qiymati 19,2 mln. dollarlik (shundan, 14,9 mln. dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar) 4 ta loyiha ishga tushirildi va 174 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Investitsiya dasturi doirasida qiymati 18,5 mln. dollarlik (shu jumladan, 14,9 mln. dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar) 3 ta loyiha ishga tushirildi va 150 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

            Media-turning birinchi manzili “Parkent-farm” EIZ  hududida umumiy qiymati 24,6 mln. dollarlik (shundan 1,0 mln. dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar) 6 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar 2021-2022 yillarda amalga oshirilishi va natijada 423 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Jumladan:

“Yuma bio” MChJ tomonidan umumiy qiymati 4,6 mln. dollarlik (shundan 1,0 mln. dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar) “Dorivor o'simliklar etishtirish, qayta ishlash va uzum danagidan dorivor vositlar  ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida biro-inshootlar 85%ga qurilib bitkazilgan. Asbob-uskunalar Xitoy davlatidan 90% olib kelingan. Xozirda "toza xona" uchun 4 konteynerda "seendvich panellar" bojxona nazoratidan o'tmoqda. Xujjatlarda aniqlangan kamchiliklar to'g'irlanmoqda. Loyiha joriy yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi va  50 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda Tojikiston davlatiga eksport rejalari amalga oshirilayapti.  

"ZUMA-PHARMA" MChJ tomonidan umumiy qiymati 8,5 mln. dollarlik “Flakonlarda in'ektsion liofil kukun va suyuqlik ko'rinishidagi, ishlatishga tayyor shprits ruchkalardagi, hamda ampula dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida biro-inshootlar qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Asbob- uskunalar bir qismi olib kelingan. Loyiha 2021 yilning dekabr oyida ishga  tushirilishi va  100 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.