Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

PRESS RELIZ

Ma'lumki, hozir barcha hududlarda ko'p kvartirali uylarni va ijtimoiy soha ob'ektlarini hamda issiqlik, ichimlik suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta'minoti bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar bilan tanishish, shuningdek, murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini o'rganish va hal etish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.                           

Shu maqsadda Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari Barhayot Meliev  raisligida soha vakillari uchun viloyat Halq qabulxonasi binosida matbuot anjumani o'tkazildi.

 

Unda mutaxassislar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar va rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan atroflicha ma'lumot berildi.

 

Qayd etilganidek, hozir viloyatda jami 4 938 ta (159 183 ta xonadon 471 ming 841 nafar aholi istiqomat qiladi) ko'p qavatli uylar mavjud, 369 ta shirkatlar faoliyat yuritmoqda.

2017-2019 yillarda 193,1 mlrd.so'm mablag'lar evaziga, 68,5% ko'p qavatli uylar ta'mirlandi. Bugungi kunda 1 560 ta ko'p qavatli uy-joylar ta'mirtalab (158,6 mlrd.so'm mablag' talab etiladi).

2020 yilda 390 ta ko'p qavatli uylar 7,1 mlrd.so'm tijorat banklarining kredit mablag'ari evaziga joriy va mukammal ta'mirlandi.

Boshqaruv servis kompaniyalari 21 ta (Angren shahrida - 2 ta, Bekobod shahrida - 4 ta, Chirchiq shahrida - 2 ta, Olmaliqda - 3 ta, YAngiyo'l shahrida - 2 ta, Ohangaron shahrida – 1 ta, Bekobod tumanida - 1 ta, YAngiyo'l tumanida – 1ta, Bo'stonliq tumanida – 4 ta, Yuqorichirchiq tumanida – 1 ta) ochilgan.

Joriy yilda 330 ta ko'p qavatli uylarning 180,1 ming kv.m tom qismi, 115 ta uylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini, 79 ta uyning fasad qismi, 386 ta kirish yo'laklarini hamda 1,6 ming kv.m framuga oynalarini ta'mirlash rejalashtirilgan bo'lib, 18 mlrd.so'm mablag' yo'naltirilishi ko'zda tutilmoqda.

Ichimlik suv ta'minoti va oqova suv xizmati bo'yicha - 2020 yilda 29 ta loyihalar (97,2 mlrd.so'm) hisobiga jami
52,1 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, 67 ming nafar aholining ichimlik va oqova suvi xizmati yaxshilandi. 40 ta suv inshootiga hamda 23 mingta iste'molchilarga suv hisoblagichlar o'rnatildi. O'tgan yil boshiga nisbatan 4,8 foizga ichimlik suvi bilan ta'minlanishga erishilib, jami viloyat aholisining 75,2 foizni tashkil etmoqda. Oqova suv xizmati bilan ta'minlanganligi 0,9 foizga o'sishiga erishildi. Hozirda 18,1 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, 2021 yilda 10 ta loyiha asosida  127,8 km ichimlik va oqova suv ob'ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan.

Gaz ta'minoti bo'yicha: - 27,8 km gaz quvurlari mukammal ta'mirlash hamda 3 km rekonstruktsiya qilish, 10 ming 945 ta gaz taqsimlash nuqtalari taftishdan o'tkazish, 288,6 km gaz quvurlari qo'yilgan.

181 ming 710 ta iste'molchilarga (ASKUG) zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o'rnatildi (30,6%).

Elektr ta'minoti bo'yicha: - 2 651,1 km tarmoq va 835 dona transformator mukammal, 6346,1 km tarmoq va 1974 dona transformator joriy ta'mirlandi. 464 ming 608 ta iste'molchilarga (ASKUE) zamonaviy elektron hisoblagichlar o'rnatildi. Shuningdek, joriy yilda 905 dona transformator, 2 900.2 km havo tarmoqlari, 24 ta yuqori kuchlanishli podstantsiyalar va 19 ta moyli o'chirgichlarni mukammal ta'mirlash, 421,8 km tarmoqlar, 165 dona transformator punktlarini quriladi. 239 ming 180 ta zamonaviy hisoblagichlar o'rnatiladi.

 Issiqlik ta'minoti bo'yicha: - 4 ta isitish qozonlari va 0,4 km issiqlik tarmoqlari mukammal, 42 ta qozonxona, 59 ta qozon va 127,1 km issiqlik tarmoqlari joriy ta'mirlangan.

Ma'lumot uchun: mavjud 4 938 ta ko'p qavatli uy-joylardan
2383 ta uylar issiqlik ta'minoti bilan ta'minlangan (48%).

Shundan: 1 747 tasi markazlashgan, 15 tasi lokal orqali (3 ta lokal), 40 ta uylar avtonom lokal qozonxonalar, 376 tasi ikki konturli, 205 tasi kontramarka orqali isitiladi. Qolgan 2555 ta uylar xar-hil (gaz, elektr plitalar va konditsionerlar) turdagi isitish tizimlari orqali istiladi.                                                                                      

2021-2022 yillarda kuz-qish mavsumi 31 ta qozonxonalar, 84 ta qozonlar, 34,9 km issiqlik tarmoqlari joriy va mukammal ta'mirlanadi.

YAngiyo'l shahridagi RK-1, Turon qozonxonalrini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish hamda 4,1 km issiqlik quvurlarini mukammal ta'mirlash, Chirchiq shahridagi “Yubileynaya” qozonxonasi va markaziy issiqlik tarmoqlarini 2019-2023 yillarda modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish belgilangan.

Ko'mir yoqilg'isi bo'yicha: - ijtimoiy soha ob'ektlariga 9,3 ming.tonna (100 foiz 15 noyabrda to'liq etkazib berilgan) hamda (12 ta shahar va tumanlarning 240 ta MFYlariga) aholi uchun belgilangan ko'mir mahsuloti to'liq omborlarga olib kelingan.

Viloyatda 7 ta ko'mir omborlari (50 ming tonna sig'imli)da hozirgi kunda 4 ming.tonnadan ortiq zaxira ko'mirlar mavjud. Joriy yilda 74 ming tonna ko'mir yoqilg'isi etkazib berish rejalashtirilgan

Ijtimoiy sohalar bo'yicha: - 81 ta bog'chaning tom va issiqlik tizimlari, fasad qismlari joriy ta'mirlandi.

7 ta maktab mukammal hamda 150 ta maktab joriy ta'mirlandi.
8,4 ming kv.m. tom qismi va 1 640 p/m ichki isitish tarmoqlarini ta'mirlash hamda 5 478 kv.m. singan oynalar almashtirildi.

Sog'liqni saqlash tizimidagi 10 ta muassasalar joriy va mukammal, 23,3 km issiqlik tarmoqlari, 6 ta qozonxonalar 8 ta qozonlar, 9,2 ming kv.m. tom, 2,9 km issiqlik tarmoqlari izolyatsiya qilingan, 920 kv.m. oynalar yangisiga almashtirildi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan sohaga oid berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.