So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Bo'sh ish o'rinlari

Toshkent viloyat hokimligida bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot

Nomzod haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqilgach, ma’lumotlariga ko‘ra talablarga javob beradigan nomzod viloyat hokimligiga dastlabki suhbatga taklif etiladi. Tegishli rahbarlar bilan suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod viloyat hokimi bilan shaxsan suhbatdan o‘tadi.
Saralash va suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod bilan mehnat shartnomasi tuziladi va uni ishga qabul qilish to‘g‘risida Toshkent viloyat hokimining farmoyish va qarori qabul qilinadi. Nomzodning tayyorgarligi va malakasidan kelib chiqib, viloyat hokimi tomonidan 3 yoki 1 oylik sinov muddati belgilanishi mumkin.
Ishga qabul qilingan xodimga barcha ish sharoitlari yaratib beriladi. Xodimning ijtimoiy himoyasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, uning manfaatlari kasaba uyushmasi tomonidan himoyalanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Toshkent viloyati hokimligi тashkiliy-nazorat guruhi 71 232-80-18, 232-80-19

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi 90 uy

01.03.2020 yil holatiga bo‘sh ish o‘rinlari

Viloyat hokimligi apparatida

Toshkent viloyati hokimligi Ijro apparati guruhi rahbari

Toshkent viloyati hokimligi Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kotibiyati bosh mutaxassisi

Toshkent viloyati hokimligi Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi

Toshkent viloyati hokimligi Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha kotibiyati bosh mutaxassisi

Toshkent viloyati hokimligi Ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi




Manba: Toshkent viloyat hokimligi

  • 1441