So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Bo'sh ish o'rinlari

Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish

Davlat ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:


- ishsizlik nafaqasi to'lash;

- mehnat organlarining yo'llanmasi bo'yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to'lanishi hamda shu davrni umumiy mehnat stajiga qo'shish;

- ishsiz shaxsga qaramog'idagilarini hisobga olgan holda moddiy yordam berish;

- haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati;

- mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa erga ko'chish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash.

Mehnat organlarida ro'yxatga olingan va ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:

- ishsiz shaxs zarur kasb malakasiga ega bo'lmaganligi tufayli unga maqbul keladigan ish tanlash mumkin bo'lmasa;

- ishsiz shaxsning kasb ko'nikmalariga mos keladigan ish yo'qligi sababli uning kasbini (mutaxassisligini, mashg'ulot turini) o'zgartirish zarur bo'lsa;

- ishsiz shaxs avvalgi kasbi bo'yicha ish bajarish qobiliyatini yo'qotgan bo'lsa.

Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish o'quv yurtlarida mehnat organlarining yo'llanmalari bo'yicha Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasining ana shu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining25-moddasida* ko'rsatib o'tilgan shaxslardan tashqari ishidan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan, mehnat organlarida ro'yxatga olingan, qaramog'ida voyaga etmagan bolalari va boshqa kishilar bo'lgan shaxslarga kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malaka oshirish davrida oldingi ish joyidagi o'rtacha oylik ish haqining kamida etmish besh foizi (qaramog'ida bolalari va boshqa kishilar bo'lmaganlarga esa — ellik foizi) miqdorida, biroq qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo'lmagan va O'zbekiston Respublikasida tarkib topgan o'rtacha ish haqidan ortiq bo'lmagan miqdorda stipendiya to'lanadi.

Uzoq vaqt (bir yildan ko'proq) ishlamayotgan, birinchi marta ish qidirayotgan hamda kasbga tayyorlashga va qayta tayyorlashga, malaka oshirishga muhtoj shaxslarga aholining shu toifasi uchun nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasidan oz bo'lmagan va qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan ortiq bo'lmagan miqdorda stipendiya tayinlanadi.

Ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o'tgandan, malaka oshirishni tugatgandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo'lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.

*25-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko'ra bekor qilinganda xodimlarga moddiy madad berish uchun belgilangan qo'shimcha kafolatlar

Mehnat shartnomasi:

xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli;

texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi sababli;

xodimning malakasi etarli bo'lmaganligi yoki sog'lig'i holatiga ko'ra bajarayotgan ishiga noloyiqligi sababli;

shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi sababli bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq bo'lmagan davr mobaynida xodimlarning o'rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to'langan bir oylik ishdan bo'shatish nafaqasi ham qo'shib hisobga olinadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar mulkdor o'zgarganligi sababli korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham tatbiq etiladi.

Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko'rsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o'n kalendarь kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tsalar, mahalliy mehnat organi bergan ma'lumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o'rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo'ladilar.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko'rsatilgan xodimlarga uch oy mobaynida maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb e'tirof etiladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko'rsatilgan, mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin o'n kun ichida mahalliy mehnat organida ro'yxatga olingan va kasbi bo'yicha qayta o'qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga ushbu Qonunning mazkur moddasi sakkizinchi qismida hamda 26-moddasidanazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda stipendiya to'lanadi.

Agar ish beruvchi nochor (bankrot) deb topilsa, u bilan mehnatga oid munosabatlarda bo'lgan xodimlar ish haqi va o'zlariga tegishli boshqa to'lovlar xususida boshqa barcha kreditorlarning talablariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar.

Tugatilayotgan korxonalarning mablag'i bo'lmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan to'lanadi.

Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilishi, xodimlar soni (shtati) qisqartirilishi munosabati bilan ishdan ozod etilgan, mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin o'n kun ichida mehnat organlarida ro'yxatga olingan hamda kasbi bo'yicha qayta o'qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga mehnatga oid munosabatlar to'xtatilgan kundan boshlab dastlabki uch oy davomida oldingi ishidagi o'rtacha ish haqidan kam bo'lmagan miqdorda stipendiya to'lanadi.

Mehnat organi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan ishdan bo'shatilayotgan shaxslarni ishga qabul qilishda ularning o'qishini tashkil etish xarajatlarini to'la yoki qisman qoplashi mumkin.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli yoki o'zlariga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra kasb kasalligiga yo'liqish natijasida ishdan mahrum bo'lgan hamda ishga joylashishga va kasbga tayyorlashga va qayta tayyorlashga, malakani oshirishga muhtoj shaxslar ishdan ozod etilgan xodimlarga tenglashtiriladi.

Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e'tirof etilgan, pensiya ta'minoti to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega bo'lgan shaxslarga muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga ko'ra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiyaga chiqish huquqi beriladi.



  • 1462