So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Bo'sh ish o'rinlari

Ishsizlar va ish izlovchilar uchun

Har birimiz o‘z ixtiyorimizga ko‘ra ish joyi tanlash va tanlagan ish yerimiz bo‘lmish tashkilot, muassasa, yakka tartibdagi dehqon (fermer) xo‘jaligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish yoki hech qanday to‘lovlarsiz yordam beruvchi Davlat bandlik xizmatlari (Bandlikka ko‘maklashuvchi markaz)dan foydalanish huquqiga egamiz. Ish izlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish markazlari yurtimizning barcha hudud, shahar va tumanlari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni jamlab, har oyda ish.mehnat.uz veb-saytida e’lon qilib bormoqda. Saytda 5000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot mavjud. Saytning Interaktiv xizmatlar bo‘limi orqali o‘zingizga mos lavozimga taklif olishingiz va ishga joylashishda yordam olishingiz mumkin. Hatto o‘rindoshlik asosida ham ish boshlashingiz mumkin. Shuningdek, siz saytga o‘z ma’lumotnoma(rezyume)ngizni joylashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxona-tashkilotlarga jo‘natishingiz imkoniyatiga egasiz. Ish qidirish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari hudud, shahar va tumanlar bo‘yicha kiritilgan. Ishga joylashish bo‘yicha shaxsiy yordamchi o‘zingizga mos bo‘lgan ishni topishda yordam beradi.

Axborot xizmatlari bo‘limida murojaat yo‘llashingiz va kerakli ma’lumot olishingiz mumkin. Bandlik xizmatlarining umumiy xaritasida Mehnat vazirligining barcha hududiy bo‘linmalarining murojaat ma’lumotlari berilgan.

скачанные файлы.jpg Toshkent viloyatidagi shahar va tumanlar kesimida bo‘sh ish o‘rinlari haqida
  • 1325