So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Bo'sh ish o'rinlari

Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Qarori 
AHOLI BANDLIGINI OShIRISh HAMDA MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh ORGANLARI FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 15-son, 156-modda; 2009 y., 52-son, 562-modda; 2010 y., 13-son, 92-modda)


Aholi daromadlari va farovonligi darajasini o'stirishning g'oyat muhim omili sifatida uning bandligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozori infratuzilmasini yanada rivojlantirish, odamlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash, ushbu masalalarni hal etishda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining rolini faollashtirish hamda javobgarligini kuchaytirish, shuningdek ular faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 yanvardagi F-2654-sonli Farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq ma'qullansin.
Ishchi guruhi Dastur topshiriqlari bajarilishi ustidan qat'iy monitoring o'rnatsin va uning ijrosi to'g'risida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
2. Respublika sharoitida aholi bandligi va daromadlarini oshirishning samarali shakllaridan biri sifatida aholini xo'jalik yurituvchi sub'ektlar bilan kooperatsiyalashgan holda kasanachilik mehnatiga keng jalb etishni rag'batlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o'rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2006 yil 5 yanvardagi PF-3706-sonli Farmonining amal qilishi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, birinchi galda transport, aloqa, qurilish va qurilish industriyasining yirik korxonalariga, shuningdek tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat korxonalariga nisbatan ham joriy etilsin.
3. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining asosiy vazifalari va funktsiyalari etib belgilansin:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning uzoq muddatli ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda mehnat, aholining bandligi va ijtimoiy muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
mehnat bozorini rivojlantirish hamda tartibga solish borasidagi samarali tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, demografik omillarni va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda aholi bandligini, shu jumladan chet ellardagi bandligini ta'minlash, ishga joylashtirishning ilg'or shakllarini joriy etish;
band bo'lmagan aholi va ishsizlarga, birinchi galda yoshlar, ayollar, imkoniyatlari cheklangan shaxslarga kasbiy qayta tayyorlash va ish bilan ta'minlash, shuningdek ishsizlarga moddiy madad berish bo'yicha sifatli xizmatlar ko'rsatilishini tashkil qilish;
yolg'iz keksalarni, nogironlarni, kamxarj oilalar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha ta'sirchan va aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta'minlash, ijtimoiy xizmat ko'rsatish mexanizmlarini takomillashtirish, tibbiy-sotsial muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlash;
mehnat, aholining bandligi va ijtimoiy muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini nazorat qilish, mehnat munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini, moddiy rag'batlantirish va mehnatni muhofaza qilish mexanizmlarini amalga oshirish.
(3-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 martdagi PF-4209-sonli Farmoni tahririda — O'R QHT, 2010 y., 13-son, 92-modda)
4. O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda, mehnat bozorida vujudga kelayotgan tendentsiyalarni va muayyan ixtisosliklar bo'yicha kadrlarga nisbatan talab-ehtiyojni hisobga olgan holda kadrlarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha yo'nalishlardagi o'zgarishlarga oid takliflarni tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining tuman (shahar) mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo'limlari negizida yirik qishloq fuqarolar yig'inlari (mahallalar)da mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha muqim punktlari bo'lgan Bandlikka ko'maklashuvchi tuman (shahar) markazlarini tashkil etish to'g'risidagi taklifi qabul qilinsin.
Quyidagilar Bandlikka ko'maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ish bilan band bo'lmagan aholi hisobi metodikasiga muvofiq, ishsizlar tizimli ravishda hisobga olib borilishini, ishga joylashishga muhtojlar, shuningdek mavjud bo'sh ish joylari to'g'risida ma'lumotlar banki shakllantirilishini ta'minlash;
ishsizlar, birinchi navbatda yoshlar, xotin-qizlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga ko'maklashish;
aholi bandligining samarali shakllarini rivojlantirish, jumladan kasanachilik mehnatini joriy etish, mustaqil ish bilan bandlik, shu jumladan shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklarida qoramol boqish hamda boshqa turdagi ish bilan bandlikni rag'batlantirish;
ishsizlarni kasbga o'qitish va qayta o'qitishni tashkil qilish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, haq to'lanadigan jamoat ishlarini kengaytirish;
mehnat, aholining bandligi va ijtimoiy muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini nazorat qilish, mehnat munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini, moddiy rag'batlantirish va mehnatni muhofaza qilish mexanizmlarini amalga oshirish;
yolg'iz keksalarni, nogironlarni, kamxarj oilalar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha ta'sirchan va aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta'minlash, ijtimoiy xizmat ko'rsatish mexanizmlarini takomillashtirish, tibbiy-sotsial muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlash.
(5-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 martdagi PF-4209-sonli Farmoni tahririda — O'R QHT, 2010 y., 13-son, 92-modda)
(6-bandning birinchi — beshinchi xatboshilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1251-son qaroriga asosan chiqarilgan — O'R QHT, 2009 y., 52-son, 562-modda)
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziriga Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va mehnat haqi fondi doirasida o'zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi to'g'risidagi nizomni tasdiqlasin.
7. O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi markaziy apparati bo'linmalari rahbarlarini, hududiy bosh boshqarmalar, shuningdek vazirlikka bo'ysunuvchi tashkilotlar rahbarlarini attestatsiyadan o'tkazish bo'yicha Respublika komissiyasi 7-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Respublika komissiyasi ikki oy muddatda mazkur toifalardagi xodimlarni ularning malaka va kasb darajalariga nisbatan talablarni e'tiborga olgan holda attestatsiyadan o'tkazsin.
8. O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2007 yilning 1 iyuliga qadar:
hududiy bosh boshqarmalar tarkibiy bo'linmalari, shuningdek, Bandlikka ko'maklashuvchi tuman (shahar) markazlari va tuman (shahar) ijtimoiy ta'minot bo'linmalari rahbarlarini ularning malaka va kasbiy saviya-darajasiga nisbatan qattiq talablar qo'ygan holda attestatsiyadan o'tkazsin;
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda ishsizlar kasbga tayyorlanadigan, qayta tayyorlanadigan va malakasi oshiriladigan bazaviy kasb-hunar kollejlarini hududlar bo'yicha belgilasin, shuningdek, ish beruvchilar va mehnat bozorining malakali kadrlarga bo'lgan talab-ehtiyojlarini hisobga oladigan tegishli ta'lim dasturlarini ishlab chiqsin.
9. O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo'mitasi bir oy muddatda Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan respublikaning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib belgilangan normalardan kelib chiqqan holda, hududlar bo'yicha Ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band bo'lmagan aholi hisobi metodikasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini rag'batlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg'armasini tashkil etish to'g'risidagi taklifi qabul qilinsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini rag'batlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg'armasi to'g'risidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV


Toshkent sh.,
2007 yil 6 aprelь,
PQ-616-son


  • 3265