So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Sayyohlik

Toshkent viloyatida joylashgan dam olish maskanlari xaritasi

Sizga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent viloyati tog‘larida joylashgan hududlarni Google da ko‘rsatilgan sayyohlik xaritasidan ko‘rib foydalanishingiz mumkin.

«Briz» dam olish maskani

«Briz» dam olish maskani Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Toshmorya bo‘yida joylashgan. Hordiq zonasi 12 ta standart, 10 ta "LYuKS" nomer hamda 2 ta “VIP” kottejlar ajoyib tashqi manzara bilan birgalikda tanho dam olish hissini beradi.

“Bog‘i Shamol” hordiq zonasi

“Bog‘i Shamol” hordiq zonasi Toshkentdan 75 km uzoqlikda bo‘lib, Toshkent viloyatining eng tozo ekalogik yerida, ya’ni “Qizil-Suv” posyolkasida joylashgan. Bu yer yakka, oilaviy va jamoa tarzida hordiq chiqarish uchun qulay yer.

«KROKUS PARK» dam olish zonasi

«KROKUS PARK» hordiq zonasi Toshkentdan 100 km. uzoqlikda joylashgan. Hordiq zonasi 2 darajali 4,7,8,9 joyli “Lyuks” kottejlarni, yozgi shiyponchali restoranni, bar, hovuz, fin saunasi, rus hammomini o‘z ichiga oladi. Barcha hudud qo‘riqlanadi.