So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Ziyoratgohlar

Qirq qiz bulog‘i (ko‘l ota)

Olmaliq shahridan 6 kilometrcha g‘arbda Ko‘l ota qishlog‘i bor. Uning yuqori tomonidagi tog‘ tagida 40 ta buloq qaynab yotibdi. Suvlarining ta’mi har xil. Zamonaviy tibbiyot ularning turli dardlarga davo ekanini tasdiqlagan. Bu yer hozirgi paytda ziyoratgohga aylangan. Har kuni O‘zbekiston va qo‘shni respublikalarning turli viloyatlaridan yuzlab ziyoratchilar tashrif buyurishadi.

Anbar bibi maqbarasi XIV-XV asrlar ziyoratgohi

Anbar bibi (Anbar ona) maqbarasi Zangi ota umumiy majmua tarkibiga kirgan tarixiy arxitektura yodgorligidir. Maqbara aslida ulug’ ayolning nomi uchun bunyod etilgan bo’lib, Anbar bibi nomi tarixda «Mehribon va saxovatli ulug’ ona» timsolida muqaddas sanalgan. 

G'avsul A'zam ziyoratgohi

O'rg'oz qishlog'ida joylashgan. G'avsul A'zam Kasbiy bo'yida tug'ilgan bo'lib, hayoti davomida turli o'lkalarda bo'lgan. Xalq orasidagi rivoyatlarga ko'ra u hozirgi Ohangaron tumani O'rg'oz qishlog'ida ham bo'lgan va zikrxona qurdirgan. 

Parpi ota ziyoratgohi

 Do’stlik qishloq fuqarolar yig’ini Parpisoy qishlog’ida joylashgan. U yerda teshik tosh mavjud bo’lib, farzand ko’rmagan, bemor kishilar qabrni hamda toshni ziyorat qiladilar. Mahalliy xalq Parpi otaning karomatgo’y, bashoratgo’y inson bo’lganliklarini gapiradilar.

Zarkent ota ziyoratgohi

Zarkent qishlog'ining yuqorisida – tog' yon bag'rida joylashgan. “Zarkent bobo”, “Qush qo'nmas avliyo” nomlari bilan mashhur bo'lgan ziyoratgoh. Hozirda ziyoratgoh hududi alohida ajratilgan. 2002-2003 yillarda qayta ta'mirlangan. 

Sardoba ziyoratgohi

Ozodlik qishloq fuqarolar yig'ini hududida joylashgan gumbaz shaklida qurilgan tarixiy obida. Sardoba sohibqiron Amir Temur tomonidan qurdirilgan. Bunday sardobalar Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida ham aniqlangan. 

Qizil mozor

Bekobod tumani Taqachi qishlog‘idagi eski mozoriston hududida hayratomuz Qizil mozor maqbarasi bor. Maqbara o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, hayot shafqatsizliklariga qarama-qarshi o‘laroq, ilohiy muhabbat sir-sinoatlari bilan uyg‘undir. 

Zangiota yodgorlik majmui ziyoratgohi

O'rta Osiyodagi noyob obidalardan biri Zangi ota nomi bilan mashhur bo'lgan so'fiylik targ'ibotchisi shayx Oyxo'ja ibn Tojxo'ja sharafiga shunday ataladi.

Bo'g'ziyon ota ziyoratgohi

Piskent-Olmaliq yo'lidagi qabriston ichida joylashgan ziyoratxona. Ziyoratchilar uchun maxsus bino qurilgan. Qabriston Muhammad (s.a.v) xizmatida bo'lgan Bobo G'oziy Turk To'g'on nomiga qo'yilgan. 

Shodmalik bobo ziyoratgohi

Quraysh qishloq fuqarolar yig'ini hududidagi ziyoratgoh. Xalq orasida “Shodmalik ota” nomi bilan tanilgan Shayx Shoabdumalik bobo mashhur shayx Xoja Ahmad Yassaviyning birinchi muridi bo'lgan hazrat Mansur otaning farzandlari bo'lib, Zangiboboning amakilari bo'lgan.


Sahifalar: 1 2 Oldinga Barchasi