So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Madaniyat va istirohat bog'lari

Toshkent viloyatidagi madaniyat aholi dam olish markazlari hamda madaniyat va istirohat bog‘lari FOTOALBOM

Viloyat bo‘yicha shahar va tumanlarda joylashgan madaniyat aholi dam olish markazlari hamda madaniyat va istirohat bog‘lari.

“Olmaliq yoshlar bog'i”

2010 yilda xashar yo'li bilan tashkil etilgan bo'lib, umumiy maydoni 2.1 ga. Bog'da 500 dan ziyod manzarali daraxtlar mavjud.

Olmaliq “Olesya” madaniyat va istiroxat bog'i

Bog' 2003 yilda tashkil etilgan bo'lib, 01.07.2003 yil xolatiga 666 575 284.14 so'm kapital qo'yilma bo'lgan.

Olmaliq “Oltin olma” bayramlar xiyoboni

Sobiq paradlar xiyoboni. 1994 yil 18 aprelda shahar ijroiya qo'mitasining 18/8 qarori bilan gorkomxoz balansiga berilgan. 2009 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan xiyobon xashar yo'li bilan barpo etildi. 

Olmaliq “Akva-park”

2013 yil “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ mablag'i xisobidan Gagarin xamda Navoiy ko'chalari tutashgan xududda qurilgan Akva-parkning umumiy maydoni 21000 m2 yoki 2.1 ga.

Olmaliq “Xalqlar do'stligi” saylgoxi

“Xalqlar do'stligi” saylgoxi 2013 yil “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ xamda shahar korxona-tashkilotlar bilan birgalikda xashar yo'li bilan qurilib, bolalar uchun dam olish maydonchasi, turli xil attraktsionlar, mini futbol maydoni xamda dam olish o'rindiqlari joy olgan.Umumiy maydoni 2,5 ga.



Angren shahar A.Navoiy nomli madaniyat va istiroxat bog'i

Angren shahar A.Navoiy nomli madaniyat va istiroxat bog'i 1977 yilda tashkil etilgan. Joylashgan manzili: Angren shahar, Amir Temur ko'chasi. Umumiy er maydoni 7 gektarni tashkil etadi. 

Yangiyo'l tumani “A.Navoiy Gulshani nomli madanit va istiroxat bog'i”

“A.Navoiy Gulshani” nomli madaniyat va istiroxat bog'i 1933 yillardan boshlab o'z faoliyatini boshlagan ilgari “Pushkin” nomi bilan atalgan. 1991 yili 1 sentyabr O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e'lon qilinganidan keyin madaniyat va istiroxat bog'i sifatida yuritila boshlandi. 2002 yila xashar yo'li bilan “A.Navoiy Gulshani” nomli madaniyat va istiroxat bog'i to'liq rekonstruktsiya qilindi.

O'rta Chirchiq tumanida "Ma'naviyat va ma'rifat markazi bog'i"

Bog'ning umumiy maydoni 5,5 gektarni tashkil etib, bu joy bugungi kunda viloyat yoshlarining tom ma'nodagi bayram kunlari va tantanalarida ziyorat maskaniga aylandi. 

Bo'stonliq tumanida “BOG’I ERAM” istirohat bog'i

Bo'stonliq tuman hokimining 2011 yil 9-avgustdagi 1184-sonli qaroriga muvofiq tuman xokimligi qoshida “BOG’I ERAM” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan, yuridik maqomga ega. Bo'stonliq tumani G'azalkent shahar Bo'stonliq ko'chasi 8-uyda joylashgan. Bog'da obodonlashtirish ishlari yakunlandi, yo'lakchalar qaytadan barpo etildi.