So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
O'zbekiston yangiliklar

RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 641 bemordan 4 nafarining ahvoli ogʻir

RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 641 bemordan 4 nafarining ahvoli ogʻir
26.05.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3261 nafarga yetdi. Kuni kecha 42, jami 2607 nafar, yaʼni 81 foizdan ziyod bemor toʻliq sogʻaygan. Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, shifoxonalarda 641 bemor davolanmoqda, 3 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir.

45 mingdan koʻproq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Ularning 20 mingdan ortiqrogʻi statsionar sharoitda karantinga jalb qilingan. 25-may kuni 11 mingdan koʻproq, kasallik dastlabki qayd etilgan kundan to bugunga qadar esa 597 mingdan koʻproq laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilgan.

Hurmatli yurtdoshlar!

Karantin tadbirlari davom etyapti. Belgilangan karantin va cheklov tadbirlariga rioya etish har birimizning asosiy vazifamiz boʻlmogʻi kerak. Afsuski, keyingi kunlarda keng jamoatchilik, aniqrogʻi aholi orasida kasallik qayd etilyapti. Bu esa vaziyat jiddiy ekanini anglatadi. Shu bois berilgan tavsiyalarga panja orasidan qaramang.

Oʻzingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!


Manba: UzA

  • 121