So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Yoshlar bandligi davlat nazoratida

28.05.2020
Avval xabar berganimizdek, O‘rta Chirchiq tumani hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi va Aholi bandligiga ko‘maklashish Markazi bilan hamkorlikda foydali ishga qo‘l urishdi.

Yaqindagina “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida tuman hokimining qarori bilan "Farovon" mahallasi hududidan jami 21 gektar yer maydoni 21 nafar yoshlarga ajratib berilgan bo‘lib, ushbu yer maydoniga dukkakli ekinlar, poliz va sabzavot ekinlari ekildi.


Shuningdek, tumanning “Yangiyo‘l” mahallada 15 gektar yer maydonni egallagan 1 ta ishlab chiqarish birlashmasi (kooperasiya) tuzildi. Bu kooperasiya tarkibida "O‘rta Chirchiq Yoshlar bog‘i" tashkil etilib, pandemiya davrida tuman mehnat bozorida ishsiz bo‘lib qolgan 20 nafar yoshlar uchun ajratildi.

Ushbu yoshlar orasida Axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejini bitirgan, ammo ayrim sabablarga ko‘ra ish topa olmayotgan Bobir Sobirov ham bor bo‘lib, u o‘zi uchun ajratilgan 50 sotix maydonga mosh hamda boshqa poliz mahsulotlarini ekib, parvarishlamoqda. Kelajakda Bobir o‘zi yetishtirgan mahsulotini ichki bozorda sotishi hamda tashqi bozorga eksport qilishi uchun kooperasiya tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi.


Manba: O'rta Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati

  • 118