So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Yangi ish o'rinlari yaratilmoqda

Yangi ish o'rinlari yaratilmoqda
29.05.2020
Pandemiya sharoitida davlatimiz rahbari tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalariga iqtisodiy tomonlama yanada ko‘proq erkinliklar yaratish, karantin sababli to‘xtab qolganlarini faoliyatini bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha vazirliklar, hokimiyatlarga va mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalarni berdi. Ushbu korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashi aholini sifatli mahsulotlar ta’minlabgina qolmasdan, shu bilan bir qatorda ishsiz bo‘lgan aholi qatlamini doimiy asosdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari ta’minlaydi.

Prezidentimiz tomonidan yurtimizda tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berilishi, qulay investision muhit yaratilishi natijasida O‘rta Chirchiq tumanida yangi loyihalar asosida ish o‘rinlari yaratilmoqda hamda tumanga xorijiy investisiyalar kirib kelmoqda.

Shunday yirik loyihalardan biri mebellar uchun dekorativ buyumlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan O‘zbekiston va Turkiyaning “Wellmet co” xorijiy korxona shaklidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatidir. Loyihaning umumiy qiymati 1,5 million AQSH dollari bo‘lib, ushbu mablag‘ning barchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hisobiga to‘g‘ri keladi. Korxona joriy yilning aprel oyida ishga tushishi rejalashtirilayotgan paytda karantin e’lon qilinib, vaqtincha keyinroqqa surildi.

Jamiyatning ishlab chiqarish fabrikasida birinchi bosqichda 100 nafar aholi ish bilan ta’minlansa, ikkinchi 300 tagacha qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi. Kelgusi yillarda ishchilar soni 500-600 nafarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda – deydi korxona direktori Husan Abdullayev. Karantin holati bo‘lishi qaramasdan korxonani ishga tushirib yuborish bo‘yicha barcha ishlar tegishli tashkilotlar bilan kelishib amalga oshirilmoqda.


Fabrikada Turkiya texnologiyalari asosida mebel jihozlari uchun qo‘shimcha qurilmalar ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarishdagi zamonaviy texnologiyalar Turkiyadan olib kelingan bo‘lib, loyihalash ishlariga turkiyalik texnolog Berol Kumash rahbarlik qilmoqda.



  • 144