So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

“Gʻalla-2020”: mavsum eshik qoqmoqda

“Gʻalla-2020”: mavsum eshik qoqmoqda
28.05.2020
Yurtimizda haroratning tobora ko‘tarilib borayotganligi sabzavot va mevalarning pishib yetilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatyapti, albatta. Gʻalla o‘rim-yig‘imiga ham yaqin qolmoqda. Yaqinda Bo‘ka tumanida “Gʻalla-2020” mavsumini o‘tkazish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tumanda jami 15 ming 150 gektardan ziyod maydonda g‘alla parvarishlanayotgan bo‘lib, hosilni yig‘ishtirib olish uchun 37 ta kombayn, 136 ta bug‘doy tashuvchi texnikalar mavsumga shay holatga keltirilgan.

Mavsumda ish 37 ta otryadga bo‘lingan holda olib boriladi. Texnikalar va ulardagi birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining sozligi hamda yong‘in o‘chirishda foydalaniladigan anjomlar bilan to‘liq ta’minlanganligi tuman Favqulodda vaziyatlar xizmati mutaxassislari tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Kombaynlar operatorlari bilan yo‘riqnoma o‘tkazilib, g‘alla tez yonuvchan ekanligi bois, o‘rim paytida tamaki mahsulotlarini chekmaslik, olovdan foydalanmaslik hamda yong‘in xavfsizligi qoidalarining barchasiga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tushunchalar berildi.

O‘rimda qulaylik yaratish maqsadida shtab tashkil qilinib, mavsumda ishtirok etayotgan ishchi-xizmatchilarga dala maydonida ovqatlanib olish uchun sharoit yaratildi. Bundan tashqari, vaqtdan unumli foydalanish maqsadida dala maydonida nosoz holatga kelgan texnikalarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘chma ustaxona tashkil qilinib, uning 4 ta texnikasi va malakali ustalari xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi.

Mavsumda qatnashadigan kombayn operatorlarining har biriga tuman hokimligi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berildi hamda tuman fermerlari tomonidan har bir operatorning plastik kartalariga 400 ming so‘mdan mablag‘ o‘tkazib berildi. Shu bilan birga, hosilni tashishga jalb qilingan yuk texnikalarining haydovchilariga xizmatlariga ko‘ra, muntazam ish haqi to‘lab turilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga kombayn operatorlarining ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, sodir bo‘lgan yong‘inni keng maydonga tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va qisqa vaqt ichida birlamchi yong‘in o‘chirish vositasi yordamida o‘chirib olish amalda bajarildi.



  • 129