So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Chinozda pilla terish ishlari avjida

Chinozda pilla terish ishlari avjida
28.05.2020
Chinoz tumani pillakorlari ipak qurti parvarishini nihoyasiga yetkazib, pilla terish ishlarini boshlab yubordilar. Ular bir kunda 4000-4500 kilogramdan pilla topshirmoqda.

Tumanning mehnatkash pillakorlari joriy yilda 128 tonna pilla yetishtirishni reja qilishgan.

"Do‘stlik" hududidagi "Chinoz nihol Azizbek" fermer xo‘jaligi a’zolari ham birinchilardan bo‘lib, 120 foiz bilan zimmalaridagi vazifani ado etdilar.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, tumanda faoliyat yuritayotgan "Agropilla" mas’uliyati cheklangan jamiyati "Golden silk" fabrikasi bilan shartnoma tuzgan bo‘lib, hozirda pillakorlar hosilning katta qismini xirmonga yetkazish ishlari bilan mashg‘ul.



  • 134