So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimning nutq va ma`ruzalari

Toshkent viloyati hokimi R. Xolmatovning Xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi ma’ruzasi

Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, xorijiy davlatlar elchilari, diplomatik korpus vakillari, xonimlar va janoblar! Viloyatimizda Xalqaro investitsiya forumi ochilishi munosabati bilan Sizlarni qutlashga ijozat bergaysiz.
25.10.2019

Toshkent viloyati hokimi G‘. Ibragimovning 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tadigan tantanali harbiy marosimdagi Nutq so‘zi

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!
Hurmatli harbiy xizmatchilar, muhtaram faxriylar, aziz yoshlar!

Avvalambor, Siz, azizlarni butun yurtimiz bo‘ylab keng tantana qilinayotgan 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganining 27 yilligi bilan chin dildan, samimiy muborakbod etaman!
14.01.2019

Viloyat hokimi G‘.Ibragimovning Quyi Chirchiq tumanida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarining ochilish marosimidagi Tabrik so‘zi

Assalomu alaykum, muhtaram nuroniylar, aziz ota-onalar, murabbiy va tarbiyachilar!
Avvalambor, Quyi Chirchiq tumani ahlini bugungi o‘ziga xos shodiyona — ertamiz egalari bo‘lgan farzandlarimizning porloq kelajagi, baxtu iqboli uchun xizmat qiladigan mana shunday ajoyib maktabgacha ta’lim muassasalarining qurib bitkazilgani va foydalanishga topshirilayotgani bilan qizg‘in muborakbod etaman.
11.12.2018

Viloyat hokimi G‘.Ibragimovning qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirdagi Tabrik so‘zi

Assalomu alaykum, tantanali marosim qatnashchilari!
Hurmatli qishloq xo‘jaligi xodimlari! Muhtaram faxriylar!
Avvalo, siz, azizlarni va sizlar orqali butun viloyatimiz qishloq xo‘jaligi mehnatkashlarini shu kunlarda keng nishonlanayotgan qo‘shaloq ayyomlar — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbimdan, samimiy muborakbod etaman.
09.12.2018

Viloyat hokimi G‘.Ibragimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi Tabrik so‘zi

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Qadrli mehmonlar, tantanali marosim ishtirokchilari!

Ayni kunlarda butun mamlakatimiz bo‘ylab xalqimiz hayotidagi muhim va shonli sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi katta tantanalar bilan nishonlanmoqda.
07.12.2018

Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimovning “Konstitutsiya — xalq taqdirida” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirdagi Ma’ruzasi

Assalomu alaykum, hurmatli tadbir ishtirokchilari!
Shu kunlarda butun xalqimiz katta bayramlar shukuhi, quvonchi bilan yashamoqda. Yaqindagina mamlakatimiz bo‘ylab xalqimiz hayotidagi muhim va shonli sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi katta tantanalar bilan nishonlagan edik, yana sanoqli kunlardan keyin barchamiz katta orzu va umidlar bilan Yangi 2019 yilni qarshi olamiz.
07.12.2018

Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimovning Parkent tumanida Chingiz Aytmatov byustining ochilishiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasi

Assalomu alaykum, marosim ishtirokchilari!
Qadrli mehmonlar, adabiyot va ilmu ma’rifat ixlosmandlari!

Avvalambor, barchangiz bilan bugungi adabiy davrada, turkiy dunyoning eng buyuk yozuvchilaridan biri, o‘zbek xalqining jonajon do‘sti Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan o‘ziga xos adabiyot bayramida uchrashib turganimizdan benihoya mamnunman.
05.12.2018

Viloyat hokimi G‘.Ibragimovning 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan marosimdagi Tabrik so‘zi

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar!
Qadrli do‘stlar !

Bugun ushbu dargohda Sizlar bilan uchrashib, diydorlashib, bugungi kunimiz, ertangi istiqbolli rejalarimiz haqida suhbatlashish, Sizlarning orzu-umidlaringiz, intilish va maqsadlaringizni ko‘rish, bugungi quvonchli kuningizga sherik bo‘lish menga juda katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
03.12.2018

Viloyat hokimi G‘.Ibragimovning ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialining patomorfologiya va sitobioximiya korpusining ochilish marosimidagi Nutqi

Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar!
Qadrli tibbiyot xodimlari!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan juda katta ko‘lamli islohotlar, shiddatkor yangilanish va yuksalish jarayonlari markazidan mamlakatimiz tibbiyotini jadal taraqqiy ettirish, sohaga ilg‘or yutuq va innovatsiyalarni tadbiq etish va albatta, soha vakillari mehnatini munosib qadrlashning aniq va samarali mexanizmlarini amaliyotga joriy etishdek xayrli vazifalar o‘rin olgani bejiz emas.
21.11.2018

Viloyat hokimi G‘.Ibragimovning Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan marosimdagi Tabrik so‘zi

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar!
Qadrli shifokor va hamshiralar, soha faxriylari, salomatlik jonkuyarlari!

Avvalambor, Siz, azizlarni, Sizning timsolingizda viloyatimiz sog‘liqni saqlash tizimida shijoat va fidoyilik namunalarini ko‘rsatib mehnat qilayotgan, o‘z umrini inson salomatligini muhofaza qilishdek oliyjanob ishga bag‘ishlagan shifokor va hamshiralarni shu kunlarda yurtimizda keng nishonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan, samimiy muborakbod etaman!
07.11.2018


Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 Oldinga Barchasi