So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat

Hokimiyat haqida

Hokimiyat haqida

Toshkent viloyat hokimligi (Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li 90 uy) – mahalliy davlat boshqaruv organi.

Toshkent viloyat hokimligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi qonunga muvofiq faoliyat yuritadi.

Mazkur huquqiy hujjatlarga binoan viloyat hokimligi davlat, xo'jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishga rahbarlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalarini va mahalliy byudjetni tasdiqlaydi, o'ziga bo'ysungan korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, qonunlarga rioya etilishini, davlat va jamoat tartibini, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilinishini ta'minlaydi.

Hokimlik boshqarma, bo'lim va turli bo'linmalardan iborat bo'lib, ularning tarkibi, tashkiliy tuzilmasi va faoliyati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi.

Toshkent viloyat ijroiya hokimiyati tuzilmasi va xodimlari soni Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan byudjet chegarasida Hokim tomonidan o'rnatiladi va o'zgartiriladi.

Toshkent viloyat hokimi viloyatning oliy mansabdor shaxsi hisoblanadi va bir vaqtda viloyat hududida vakillik va ijroiya hokimiyatni boshqaradi.

Hokim O'zbekiston Prezidenti va Xalq deputatlari viloyat Kengashiga bo'ysunadi. Hokim O'zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadi, ozod etiladi va Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Hokimning vakolat muddati – 5 yil.


  • 1254