So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Viloyat o'rmon xo'jaligi

Oxangaron o'rmon xo'jaligi

1937 yil Toshkent o'rmon xo'jaligining bo'limi sifatida Oxangaron o'rmon bo'limi tashkil topgan. 1947 yilga kelib, Toshkent o'rmon xo'jaligiga qarashli Piskent xamda Oxangaron bo'limlari birlashtirilib, aloxida Oxangaron o'rmon xo'jaligi tashkil topdi.

Chatqol biosfera qo'riqxonasi

Chatqol biosfera qoʻriqxonasi — Toshkent viloyatining Parkent tumani togʻli hududida, Chatqol togʻ tizmalarining janubigʻarbida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1990 y. 21 iyundagi qarori bilan Chatqol qoʻriqxonasi (1947) negizida UgomChatqol davlat pgabiat milliy bogʻi tashkil etilishi munosabati bilan uning jan. qismida alohida qoʻriqlanadigan hudud tarzida ajratilgan. 

Ugom-Chatqol Davlat Milliy Tabiat bog'i

Ugom-Chatqol Davlat Milliy Tabiat bog'i 1990 yilda tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 oktyabrdagi 378-55-son qarori bilan Milliy bog' viloyat boshqarmasiga tenglashtirilib uning tizimiga Chatqol Davlat Biosfera qo'riqxonasi, Burchmullo va Ohangaron o'rmon xo'jaliklari kiritilgan bo'lib xo'jaliklar 1947 yildan beri faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 

Burchmullo o'rmon xo'jaligi

Burchmullo o'rmon xo'jaligi korxonasi 1947 yilda tashkil topgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 262-sonli qarori bilan ustavi tasdiklangan.