So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Savollar va javoblar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandidagi birinchi xat boshiga muvofiq:

“Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi”.

Mazkur Nizomning 3-bandidagi ikkinchi xat boshiga muvofiq:

“Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abiturientlarga davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar”.

To‘lov–kontrakt asosida o‘qish ixtiyoriy bo‘lib, tegishli me’yoriy hujjatlarda mazkur toifadagi talabalarga to‘lov shartlarini engillashtirish bo‘yicha imtiyozlar berish ko‘zda tutilmagan.

Yo‘q. 2000 yil 29 iyundagi 245-son Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga muvofiq mikrofirmalar, kichik korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumi majburiy sotishdan ozod qilingan. Eksport tovarlarni Ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiradigan korxonalar bundan mustasno, bunda sotishdan tushadigan xorijiy valyutadagi tushum majburiy sotilishi lozim. Bunda quruq mevalarning aksariyati “Quritilgan mevalar, 0801-0806-tovar pozitsiyalaridan tashqari; yong‘oqlar yoki mazkur guruhning quritilgan mevalari aralashmasi” TIF TN 08 13 kodlari tovar pozitsiyasiga kiritilgan, bu yuqorida ko‘rsatilgan Ro‘yxatga kirmaydi. Yana qayd qilamizki, Ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, ular 2016 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. Bu haqda batafsil ma’lumotlar shu erda. Undan 0904 kodi chiqarilib, 8544 kodi kiritilgan.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi doirasida “Saylov erkinligi yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. «Saylovoldi tashviqoti» tushunchasi to’liq ochib berildi, uni olib borish turlari, shakllari va usullari belgilandi. Saylov kuni va saylov boshlanishidan bir kun oldin saylovoldi tashviqotiga yo’l qo’yilmasligi, muddatidan oldin ovoz berishning muddatlari, tartibi va tartib-taomillari belgilab qo’yildi. Ovoz berish kuniga qadar, shuningdek ovoz berish kuni jamoatchilik fikri so’rovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini, o’tkazilayotgan saylov bilan bog’liq boshqa tadqiqotlarni chop etishning tartibiga oid qoidalar belgilandi. Kuzatuvchilarga O’zbekiston ekologik harakatining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo’yicha Konferentsiyasida ishtirok etish huquqi berildi, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalarini tuzish imkoniyati nazarda tutildi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy printsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilikdan iborat bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzilishi belgilab qo’yildi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 8-moddasiga va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 32-moddasiga asosansaylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoshga to’ladigan, tegishli saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib turgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari saylovchilar ro’yxatiga kiritilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkasida ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasining a’zolari hozirligida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi.

Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida ko’rib chiqiladi va saylov komissiyasining raisi, rais o’rinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnomada aks ettiriladi. Shundan keyin bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o’rinbosari tomonidan o’qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko’chirma nusxasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi uchun 48 soatdan kam bo’lmagan muddatga osib qo’yiladi. Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi tegishli okrug saylov komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.

O’zbekistondan tashqarida tuzilgan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish to’g’risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.

“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq saylov uchastkalari O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilishi mumkin. Ushbu saylov uchastkalarida boshqalarda bo’lgani kabi ovoz berish soat 6.00dan soat 20.00gacha amalga oshiriladi.

Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to’ldiriladi. Saylov byulletenini to’ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo’lishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to’ldirish imkoniga ega bo’lmagan saylovchi o’z xohishiga ko’ra, saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.

Saylovda saylovchi o’zi yoqlab ovoz berayotgan deputatlikka nomzodning familiyasi ro’parasida, o’ng tomonda joylashgan bo’sh kvadratga belgi-krestik qo’yadi
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 19-moddasiga asosan saylov kampaniyasi boshlanganligi avvalgi chaqiriq Qonunchilik palatasi deputatlarining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunning 19-moddasida ham xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligi deputatlarning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilishi mustahkamlab qo’yilgan.
2014 yilning 1 aprelidan I va II-guruh nogironlari uchun jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘idan soliq solinmaydigan maydon doirasida (60 kv.metr) imtiyoz beriladi. Shu bilan birga, Siz 2014 yilning 1 apreliga qadar jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘idan to‘liq imtiyozga egasiz. (O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-359-sonli Qonuni)
Mol-mulk solig‘i o‘z vaqtida to‘lanmasa, to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya undiriladi. Biroq, penya undirilishi soliq to‘lovchini soliq to‘lash majburiyatidan ozod etmaydi. Shuningdek, muddatida to‘lanmagan soliqlar soliq organlarining da’vo arizalari asosida sud tartibida majburiy tarzda undiriladi. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 62 va 120-moddalari)



Transport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
YHXX organlarida yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari egasi korxona yoki tashkilotning yozma arizasi fuqarolar uchun shaxsiy pasport yoki uning o‘rniga berilgan hujjat, transport vositasini qonuniy sotib olinganligini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan yig‘imlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Yuridik shaxslar transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini taqdim etadilar.
Transport vositalari ularni qayd etishdan oldin hududiy mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki ro‘yxatdan chiqariladi.
Yangi tashkil etilgan tashkilot va korxonalarni avtoxo‘jaliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida transport vositalarini saqlash uchun yetarli joy maydoni (garaj, avtosaroy) mavjudligi yoki bunday joy ijaraga olinganligi haqidagi shartnomadan nusxa, hududiy YHXX organi tomonidan shu joyning ko‘rikdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etiladi.
Transport vositalari ushbu hollarda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
Transport vositalarining turar-joy yoki egasining yashash joyi o‘zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
• belgilangan tartibda ariza;
• texnik hujjat (qayd etish guvohnomasi, texnik pasport, texnik talon);
• korxona va tashkilotlar transport vositalarining turgan o‘rni o‘zgarishiga asos bo‘lgan hujjat (buyruq, ijara shartnomasi, hokimlik qarori);
• transportlarning turgan o‘rnini hududlardagi YHXB organlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazganligi haqidagi dalolatnoma;
• Tashkilotning nomi, egasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
• belgilangan tartibda ariza;
• ismi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (buyruq, farmoyish, qaror);
• fuqarolar uchun shaxsiy pasport, familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik holatini dalolatnomalarini qayd etish organi yoki sud organi tomonidan berilgan hujjat).
Egasi o‘zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
• belgilangan tartibda ariza;
• notarial idoralari tomonidan berilgan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomalari, vorislik, meros va mulkka egalik qilish huquqini beruvchi guvohnomalar;
• sud qarori;
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi idoralari tomonidan berilgan order;
• chetdan keltirilgan va bojxona nazorati ostida turgan transport vositalari uchun bojxona idorasi tomonidan beriladigan maxsus guvohnoma.


Sahifalar: 1 2 Oldinga Barchasi