Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

OKMKda 99,9 foiz sof holda reniy metali olindi

photo2021-09-1513-58-19.jpg

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Nodir metallar va qattiq qotishmalar bo'yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi olamshumul muvaffaqiyatga erishdi. Korxonada ilk bor reniy metali sof holda olindi.

photo2021-09-1513-58-24.jpg

Reniy metali kukuni Mis eritish zavodining nodir metallar ishlab chiqarish tsexida tayyorlanadigan perrenat ammoniydan olinadi. Jarayon vodorod tiklash usuli bilan amalga oshiriladi. Aslida uni sof holda olish ishlari bo'yicha laboratoriya sinovlari 2016 yilda boshlangan edi. Sinov ishlari bu yil o'z yakuniga etdi. Natija kutilganidan ham a'lo bo'ldi. Sinov jarayonlari natijasida 99,9 foiz sof holda reniy metali olinishiga erishildi.

photo2021-09-1513-58-28.jpg

Kombinat tomonidan kelgusida ushbu mahsulot sanoat usulida ishlab chiqarilishi ko'zda tutilmoqda. Ushbu metall Mendeleev davriy jadvalida 75-o'rinni egallab, o'ziga xos noyob fizik-kimyoviy xossalariga ko'ra ko'plab sohalarda qo'llaniladi. Jumladan, neftni qayta ishlash sanoatida katalizator tayyorlashda asosiy komponent hisoblanadi. Aviasozlik, elektrotexnika sohalarida detallar uchun asosiy element sifatida foydalaniladi.

YAdro sanoatida esa ushbu metaldan termoparalar tayyorlashda foydalanilmoqda. Bu reaktorda yuqori haroratni o'lchash imkonini beradi. Shuningdek, tibbiyotda turli og'ir xastaliklarni davolash uchun amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlaridagi maxsus uskunalarni tayyorlashda qo'llaniladi.

Zargarlikda esa reniydan qimmatbaho buyumlarni bezash uchun qoplama sifatida foydalaniladi.

Jahon bozorida 1 gramm reniyning o'rtacha narxi 9 dollar atrofida turadi.