Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Parkent tumani “Masjid Ali” ziyoratgohi (Kumushkon)

Ushbu ziyoratgoh Parkent tumani Kumushkon qishlog'idagi “Chashma” mahallasining eng yuqori qismida joylashgan.

“Masjid Ali” ko'hna ziyoratgoh bo'lib, 1982 yilda Kumushkon qishlog'i aholisi tomonidan hashar yo'li bilan 1 ta xonaqoh va 1ta ayvon barpo etilgan.

Mazkur ziyoratgoh 2010 yilda mahalliy ustalar tomonidan qaytadan ta'mirlangan. Ziyoratgohda 3 ta xonaqoh, 1 ta ayvon mavjud. Ziyoratgohda qadimiy chinor chashma buloqlari bo'lib, uning atrofida ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.