Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 134,3 milliard so'mlik mahsulot tayyorlandi

photo2021-09-1415-32-40.jpg

Mamlakatimizning yirik sanoat korxonalaridan biri Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Mahalliylashtirish dasturi keng ko'lamda amalga oshirilib kelinmoqda.

photo2021-09-1415-32-46.jpg

Joriy yilda ushbu dastur doirasida 161,4 milliard so'mlik 87 ta loyiha, jumladan, 4,3 milliard so'mlik 17 ta yangi loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

photo2021-09-1415-32-52.jpg

O'tgan sakkiz oyda ushbu dastur bo'yicha 75 ta loyiha asosida 134,3 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarilib, bu boradagi reja 137,7 foizga bajarildi.

Ta'kidlash joizki, dastur doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar kombinatning ichki ehtiyojiga va respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarga, shuningdek, eksport uchun mo'ljallangan.

photo2021-09-1415-32-49.jpg

Xususan, o'tgan sakkiz oy davomida dastur doirasida ishlab chiqarilgan 644,1 ming dollarlik rux sulfati eksport qilindi.

Dasturining bosh maqsadi mahalliy xom-ashyolardan import o'rnini bosuvchi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat ekani, ayniqsa, ahamiyatlidir.

photo2021-09-1415-32-43.jpg