Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Qurbon hayiti va vaktsinatsiya

5218f2a2ebf3a8c6c25f7.jpg

Shu kunlarda musulmon ahli Qurbon hayitini munosib nishonlamoqda. Yurtimizda davlat rahbari qarori bilan uch kunlik dam belgilangan. 

Ammo shunday kasb egalari borki, ular bayram kuni oilasi, yaqinlari davrasida emas. Anglaganingizdek, gap shifokorlar, hamshiralar haqida.

Piskent tumani ko'p tarmoqli poliklinikasida odam gavjum. Shifokorlar, patronaj hamshiralari aholini koronavirus pandemiyasida salomatligini ishonchli saqlash uchun vaktsinatsiya jarayonlarini sifatli o'tkazish maqsadida ishlayaptilar. Dam oshish kuni bo'lishiga qaramay, kecha kun davomida jami 203 nafar fuqaro SOVID-19 ga qarshi emlandi. Vaktsinatsiya jarayonlari boshlanganidan buyon tumanda jami 12 ming 404 nafar fuqaro emlangan.

Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Muhabbatxon Qodirovaning so'zlariga ko'ra, hozirgi murakkab epidemiologik vaziyat odamlarning o'z salomatligi uchun qayg'urishiga, ongli ravishda vaktsina olish uchun kelishiga sabab bo'lmoqda. 

Emlash jarayonlari qolgan dam olish kunlari - 21 va 22 iyunda ham davom ettiriladi. 

Kecha, 20 iyul kuni koronavirus infektsiyasi bilan zararlanishga oid 68 ta murojaat qabul qilingan. Bemorlarning ahvolidan kelib chiqib, ularning 7 nafari statsionar sharoitda davolanishga yotqizilgan. Qolganlariga zarur ko'rsatma va shifokor tavsiyalari berilgan.

Koronavirusga qarshi kurashda eng samarali yo'l – emlanish. Shunday ekan, turli shubhayu gumonlar bilan vaqt o'tkazmasdan, vaktsina olishga shoshiling.