Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Korruptsiyada qaysi tizim "peshqadam?"

Viloyatda yil boshidan beri aniqlangan 197 ta korruptsiya holatlari yuzasidan aybdorlar jazolandi. Bu haqda Bo'ka tumanida “Korruptsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olishga qaratilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar” mavzusida o'tkazilgan amaliy seminarda ma'lum qilindi.

Tanqidiy-profilaktik ruhda o'tgan anjuman Toshkent viloyati hokimligi korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” xizmati tomonidan tashil etildi. Unda BMT Taraqqiyot Dasturining “O'zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korruptsiyaga qarshi kurashish” loyihasi komponent rahbari Nodira Zikrillaeva, O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi vakili Sardorjon Mamanov va hamkor tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etdi.

Ta'kidlash joizki, so'nggi paytlarda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish tizimini joriy etish bo'yicha izchil choralar ko'rilmoqda. Prezidentimizning 2021 yil 6 iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni bu borada muhim dasturilamal vazifasini bajaryapti. Jarayonda jamoatchilik o'rni va ishtiroki sezilarli darajada ortayotgani, ayniqsa, e'tiborlidir.

Muloqotda ko'rilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, ayrim yo'nalishlarda korruptsiya holatlari hanuzgacha saqlanib qolayotgani tanqid qilindi. Xususan, Toshkent viloyatida 2021 yilning o'tgan davrida korruptsiya holatlari yuzasidan 197 ta jinoyat ishi qo'zg'atilib, aybdorlarga nisbatan tegishli tartibda jazo tayinlangan. Shundan 25 tasi bank, 18 tasi ta'lim, 14 tasi sog'liqni saqlash, 15 tasi davlat sanitariya-epidemilogiya nazorat, er mulk kadastri va arxitektura, mehnat organlari, 4 tasi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi, 3 tasi moliya hamda 113 tasi boshqa idoralarning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan sodir etilgan.

Seminarda soha mutaxassislari tomonidan joylarda korruptsiyaga qarshi kurashish, illatga batamom chek qo'yish va unga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi, amaliy taklif va tavsiyalar o'rtaga tashlandi.

photo2021-07-1414-45-271.jpg

photo2021-07-1414-45-30.jpg