Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Koreya Respublikasidan 15,5 million dollarlik grant Bu mablag' viloyatimizda nodir metallurgiyani rivojlantirish maqsadlari uchun ajjratiladi

photo2021-07-3000-02-56.jpg

Toshkent viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi xodimlari O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasidagi hamkorlik bo'yicha hukumatlararo qo'mita ishchi guruhi yig'ilishida ishtirok etdi.

Unda mutaxassislar tomonidan ODA dasturi doirasida rivojlanish bo'yicha rasmiy ko'mak — Koreya Respublikasi Hukumatining jami 15,5 million dollar miqdoridagi grant mablag'larini jalb qilish yo'li bilan “Olmaliq KMK” AJning nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy-texnologik markazining tajriba-ishlab chiqarish ustaxonasini jihozlash masalalari muhokama qilindi.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi laboratoriyada ishlab chiqiladigan texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish samaradorligini oshiradi. Nodir metallar sohasida ODA dasturini amalga oshirish yuqori toza volfram, molibden va reniy ishlab chiqarishga, jumladan, yuqori qo'shimcha qiymatga ega tovarlarni yaratishga xizmat qiladi.

Eslatib o'tamiz, 2019 yilda metallurgiya sanoatini birgalikda rivojlantirish maqsadida O'zbekistonda nodir metallar va qattiq qotishmalar bo'yicha O'zbekiston-Koreya ilmiy-texnologik markazi ochildi. Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mablag'lari hisobidan, shuningdek, Koreya sanoat texnologiyalari institutining texnik ko'magi bilan zamonaviy ilmiy laboratoriya tashkil etildi. Laboratoriya uskunalari Koreyadan 8 million dollardan ortiq qiymatga sotib olingan.

O'tgan yilning may oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Markazni rivojlantirish dasturining Kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Mazkur loyiha innovatsion ishlab chiqarishni takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini ushbu jarayonga kiritish uchun laboratoriya va sanoat infratuzilmasini har tomonlama va barqaror rivojlantirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, 2021 yil sentyabr oyida noyob metallarga bag'ishlangan 5-yillik O'zbekiston-Koreya seminarini o'tkazish mo'ljallanyapti.