Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Kichik murojaat ortida ham katta taqdirlar bo'ladi...

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bugun barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasiga aylanib ulgurdi. Zero, har bir murojaat ortida insonning huquq va uning manfaatlari yotadi.

photo2021-04-0918-26-19.jpg

Raqamlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, joriy yilning o'tgan olti oyida Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasiga jami 760 ta arznoma kelib tushgan bo'lib, shundan 341 tasi vertual qabulxona orqali, 419 tasi esa bevosita murojaatlardir.

Xususan, ushbu ularning 668 tasi ko'rib chiqilgan va 270 tasi qanoatlantirilgan, 373 ta murojaat mualliflariga huquqiy tushuntirish berilgan, 12 tasi ko'rib chiqish uchun tegishliligi bo'yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 10 tasi ko'rmasdan qoldirilgan bo'lsa, 3 tasi rad etilgan. Shuningdek, 92 ta ariza o'rganish jarayonida.

Ko'rib chiqilgan murojaatlar xususiyatiga ko'ra tahlil qilinganda, 668 ta murojaatdan 76,3 foizi Davlat xizmatlari ko'rsatish sohasiga oid, 23,7 foizi esa sohaga taalluqli bo'lmagan murojaatlarni tashkil etadi.

Murojaatlarni ko'rib chiqishda birinchi navbatda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qanoatlantirishga, ularga amaliy huquqiy yordam berishga alohida e'tibor berilyapti.