Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

"Kelajak liderlari" klubi yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirishda asosiy “manba” bo'lad

"Kelajak liderlari" klubi yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirishda asosiy “manba” bo'ladi

Ushbu klubni tashkil etishdan asosiy maqsad oliy ta'limning 20-35 yosh orasidagi bitiruvchilari hamda davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari orasidan qobiliyatli yoshlarni tanlab, klubga qabul qilish va ularni kelgusida istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritishdir.

Klub faoliyatida viloyat yoshlari orasidan eng faol va tashabbuskor, kreativ va teran fikrlaydigan yoshlar qatlamini aniqlash, davlat xizmatidagi yoshlar ulushini oshirish, yoshlarda liderlik ko'nikmalarini shakllantirish, ularni o'qitish, malakasini oshirish, davlat organlari va idoralarida amaliyot o'tashini tashkil etish masalalari ham ko'zda tutilgan.

Test topshirish bosqichi karantin qoidalariga rioya etilgan holda olib borilib, shaffoflikni ta'minlash maqsadida jarayon onlayn efirga uzatilmoqda.

Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlardan yozma insho va suhbat o'tkazilishi rejalashtirilgan.