Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Jurnalistlar zarur axborotlar bilan ta’minlanmoqda

Bugun mamlakatimizda muhim siyosiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi katta faollik va uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Mazkur jarayonning saylovga oid qonunlarimiz talablari asosida o‘tishida ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyos.
Ayni paytda saylov uchastkalaridagi ovoz berish jarayonlarini 70 nafarga yaqin mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari kuzatib bormoqdalar. O‘z navbatida, jarayonlarni yoritish va mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarini saylovning borishi haqidagi zarur axborotlar bilan ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrugi qoshida tashkil etilgan Matbuot markazi xodimlari faollik ko‘rsatmoqdalar.
Soat 17.30 ga qadar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ikki marta brifing tashkil etilib, saylov jarayonlariga oid ma’lumotlar 10 dan ortiq tele-radio kanallar, internet va bosma nashrlarga tarqatildi.
Markaz o‘z faoliyatini qizg‘in davom ettirmoqda.