Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Yilning eng yaxshi tarbiyachilari aniqlandi

Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi-pedagoglar o'rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

Mazkur soha xodimlarining innovatsion faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ilg'or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, ta'lim-tarbiya jarayonida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o'quv dasturi asosida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishga muhim ahamiyat qaratilmoqda.

Xususan, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan tajribali va o'z ishiga sidqidildan yondashayotgan tarbiyachi mutaxassislarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko'rik-tanlovi o'tkazib kelinmoqda. Uning Toshkent viloyati bosqichi ham qiziqarli shartlar asosida tashkil etildi.

Joriy yilning 1-25 iyun kunlari mazkur ko'rik-tanlovning tuman-shahar bosqichlari bo'lib o'tgan edi. Unda 1 ming 543 nafar tarbiyachi-pedagog ishtirok etib, 25 nafari navbatdagi bosqichga yo'llanma olishgan.

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko'rik-tanlovi nizomiga ko'ra, unda 3 yildan kam bo'lmagan mehnat stajiga ega bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari qatnashadi.

Maqsad — yuqori malakali tarbiyachilarni aniqlash va rag'batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, ilg'or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatining nufuzini yanada oshirishdir. Bu orqali kasbiy faoliyatida sog'lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish ularning kelgusi ish faoliyatiga yordam beradi.

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan tanlov “Kasbiy mahorat, ijodkorlik, innovatsiya” shiori ostida bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar 5 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdi.

YAkuniy natijalar bo'yicha “Eng yaxshi metodist tarbiyachi” nominatsiyasi bo'yicha I darajali diplom Chinoz tumani 20-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi M. Suleymanovaga nasib etdi.

Shuningdek, “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi” nominatsiya bo'yicha Chirchiq shahar 17-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi R. Anvarova, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo'llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiya bo'yicha Nurafshon shahar 20-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi R. Mustafina, “Mohir qo'llar ustasi” nominatsiya bo'yicha Ohangaron shahar 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi M. Jiyanboeva, “Eng yaxshi g'oya muallifi” nominatsiya bo'yicha esa Parkent tumani 8-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi U. Raximberdievalar ham I darajali diplom bilan taqdirlandi.

E'tiborlisi, ushbu tanlovning Respublika bosqichida sovrindor bo'lgan tarbiyachilar O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining “Maktabgacha ta'lim” yo'nalishiga test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida o'qishga kirish imtiyoziga ega bo'ladi.

photo2021-07-2210-38-34.jpg

photo2021-07-2210-38-24.jpg

photo2021-07-2210-38-44.jpg