Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Ilm-fan yutuqlari kon-metallurgiya sohasining "jon tomiri"dir

photo2021-07-2717-20-45.jpg

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali va Janubiy Koreyaning "SEBINE TESHNOLOGY, Inc." kompaniyasi o'rtasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish yuzasidan o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu kelishuv ilm-fan, texnologiya va ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda yo'lga qo'yishga xizmat qiladi. Bunda professor-o'qituvchilar va OKMK muhandis-texnik xodimlarining ilmiy va ishlab chiqarish malakasini oshirishda o'zaro yordam ko'rsatish, qo'shma dasturlar va resurslarni tejovchi texnologiyalarni amalga oshirish, ochiq ilmiy-texnik axborot va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish hamda tajriba almashishga imkon yaratiladi.

Ma'lumki, "SEBINE TESHNOLOGY, Inc." kompaniyasi avvaldan kombinatda sanoat tajriba uchastkasini tashkil etgan bo'lib, bu erda texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha tajribalar olib boriladi. Erishilgan natijalar amaliyotga keng joriy qilinadi.

Mazkur memorandumga muvofiq, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari ham bevosita olib boriladi. Bu orqali ishlab chiqarish jarayonlariga yangi texnologiyalarni joriy etish mumkin.